Bayram chegirmalari!
“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 2019 yilning 31 avgust – 3 sentyabr kunlari mahalliy yo'nalishlarda yo'lovchilarga chegirmalar taqdim etadi:
- Nafaqaxo'rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%;
- Oliy o'quv yurtlari talabalari, maktab o'quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta'lim muassasalari talabalari – 15%;
- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo'lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan ona) (nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;
- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo'riqnoma asosida) – 15%;
- "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo'lovchilarga - 10%.
IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" АJ
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI