Qo‘shimcha poyezdlar harakati to’g’risida e’lon


“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi bayrami arafasida Тоshkent – Urgench – Тоshkent yo‘nalishida qo‘shimcha №556/555-sonli  poyezdlarining harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qiladi.


Unga ko‘ra, 2019 yil 30-avgust va 1-sentabr kunlari  Тоshkent – Urgench yo‘nalishidagi №556- sonli qo‘shimcha poyezdi soat 14:22 da "Тоshkent-Janubiy" vokzalidan, 2019 yil 31-avgust va 2-sentabr kunlari Urgench – Тоshkent yo‘nalishidagi №555-sonli qo‘shimcha poyezdi esa soat 10:10 da Urgench temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 "O'ztemiryo'lyo'lovchi" АJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI