Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

08:17:42 (GMT +5), seshanba, 19 noyabr 2019

Yo'lovchilar uchun qulayliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining №PF-5781 «O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash bo'yicha “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Xususan, O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi bilan birgalikda mamlakatimiz va qo'shni davlatlar shaharlari o'rtasida transport aloqalarini ta'minlash bo'yicha rejalar ishlab chiqilmoqda. “E-ticket” onlayn chipta savdosining jismoniy va yuridik shaxslarga, hamda foydalanish uchun qulay va shaffof bo’lgan tizimini 2019 yilning 1-sentyabriga qadar ishga tushurish jarayoni jadal sur'atlar bilan amalga oshirilmoqda va ushbu tizim bugungi kunda test rejimida ishlatilmoqda.

Shuningdek, chipta harid qilishdagi mavjud muammolar, ya'ni mahalliy va yuqori tezlikda harakatlanadigan “Afrosiyob” yo'lovchi poyezdlariga chiptalarining tanqisligini bartaraf etish masalasi bo’yicha jami 16ta qo’shimcha (“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi 12ta, Toshkent – Urgench – Toshkent yo’nalishida – 4ta) poyezdlar qatnovi joriy etildi.

Hurmatli yo'lovchilar! Chipta harid qilish jarayonida biror bir noqonuniy xatti-harakatning guvohi bo'lsangiz (71) 299-71-66 raqamli ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

 «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish