Raddiya: “O'zbekiston Temir yo'llari” AJga oid maqola bo'yicha

Joriy yil 11 iyul kuni HUMAN.UZ axborot portali orqali “Bosh vazir tadbirkorlar uchun qabulxona ochib, ularning huquqlarini himoya qilmoqchi. Uning o'rinbosari O.Ramatovchi?..” nomli maqola e'lon qilingan edi.

Картинки по запросу "HUMAN.UZ" Ð Ð°Ð´Ð´Ð¸Ñ: “Ўзбекистон Темир йўллари” АЖга оид мақола бўйича

Ushbu maqola toshkentlik tadbirkor, “MEGAPOLIS BIZNES SERVIS” MCHJ rahbari R.Safarovning Toshkent shahar hokimligi va “O'zbekiston Temir yo'llari” AJ bilan yer uchastkasiga oid muammolari haqida tahririyatga yo'llagan murojaatiga asosan e'lon qilingan edi.

“O'zbekiston Temir yo'llari” AJ va HUMAN.UZ axborot portali o'rtasida olib borilgan muzokaralarda maqolada qayd etilgan nizo predmeti yuzasidan u e'lon qilingan vaqtda (shu jumladan ayni vaqtda) sud jarayonlari davom etayotganligi aniqlangan. Shuningdek, “O'zbekiston Temir yo'llari” AJ tomonidan taqdim etilgan qo'shimcha ma'lumotlardan ma'lum bo'ldiki, maqolani tayyorlashda ayrim holatlarga bir tomonlama va noxolis yondoshilib, barvaqt xulosaga kelingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, HUMAN.UZ axborot portali “O'zbekiston Temir yo'llari” AJning yuqoridagi qayd etilgan maqolada haqiqatga mos kelmaydigan hamda tashkilotning sha'ni va qadr-qimmati hamda ishchanlik obro'sini tahqirlovchi ma'lumotlar mavjudligi munosabati bilan raddiya berish haqidagi talabini asosli deb hisoblaydi va maqolani sayt  sahifalaridan o'chiradi. Maqolani tayyorlashda sustkashlikka yo'l qo'ygan tahririyat muxbiriga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko'rildi.

Shu munosabat bilan HUMAN.UZ axborot portalida 2019 yil 11 iyul kuni e'lon qilingan “Bosh vazir tadbirkorlar uchun qabulxona ochib, ularning huquqlarini himoya qilmoqchi. Uning o'rinbosari O.Ramatovchi?..” nomli maqolaga raddiya e'lon qilinadi, tahririyat “O'zbekiston Temir yo'llari” AJ rahbariyati va O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari - Transport vaziri Achilboy Jumaniyozovich Ramatovdan uzr so'raydi.  

HUMAN.UZ axborot portali tahririyati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI