Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

13:16:41 (GMT +5), shanba, 19 oktabr 2019

Afg'onistondan yuborilgan ilk konteyner poyezdi Xitoyga etib bordi

Avval xabar berganimizdek, 5 sentyabr kuni Afg'oniston Islom Respublikasidan (AIR) Xitoy Xalq Respublikasiga (XXR) Afg'oniston va O'zbekiston rasmiylari, shuningdek, Xitoy, Qozog'iston va O'zbekiston elchilari ishtirokida yarim ishlangan talk mineral toshlari bilan yuklangan birinchi konteyner poyezdi jo'natilgandi.




41 ta konteyner Hayraton stantsiyasidan O'zbekiston va Qozog'iston orqali tranzit qilinib Qozog'iston va Xitoy o'rtasidagi davlatlararo - Oltynkol stantsiyasiga keldi. 

Ta'kidlash joizki, tranzitli xarakat tarkibi O'zbekiston va Qozog'iston temiryo'lchilarining samarali  faoliyati tufayli uch kun ichida o'z manziliga yetib bordi.



Yuk jo'natuvchi, talk va marmar qazib olish va qayta ishlash kompaniyasi vakili "Amin Karimzay" Ijazul Hak Karimzay "Sogdianana Trans" ShK ("O'zbekiston temir yo'llari" AJ) ga birinchi eksport poyezdini safarga tayyorlash jarayonida yuzaga kelgan masalalarni hal etishda hamkorligi va ko'maklashgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u "Amin Karimzay" kompaniyasining Xitoy Xalq Respublikasiga har oyda temir yo'l orqali 150-200 mineral talk yuklangan vagonlarni jo'natish haqidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi. 

Afg'oniston iqtisodiyotini rivojlantirishda ham eksport, ham import muhim o'rin tutadi va Afg'oniston - Xitoy temir yo'l yo'nalishlarini yanada rivojlantirish afg'onistonlik tadbirkorlari uchun yanada ko'proq imkoniyatlar yaratiladi.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish