Toshkent - Andijon yo'lovchi poyezdining to'xtab qolishiga izoh

Joriy yil 13 sentyabr kuni soat 09:25 da tashqi elektr tarmog'ida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtadi. 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli, yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta'minoti tiklandi. Ayni daqiqada elektropoyezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ ma'muriyati yuzaga kelgan noqulaylik tufayli yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ