Toshkent metropolitenining barcha stantsiyalarida Wi-Fi tarmog'iga kirish imkoni paydo bo'ldi

Shu yilning 7 oktabridan boshlab poytaxtimiz metropolitenida Internetdan foydalanish imkoni yaratildi. Endi Toshkent metropolitenining barcha yo'lovchilari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ko’rib chiqish, sevimli musiqalarini onlayn tarzda tinglash va ommabop messenjerlarda muloqot qilishlari mumkin. 

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun metroga tushishdan oldin avtorizatsiyadan o’tish lozim (SMS orqali). Tizimga ikki usul orqali kirish mumkin – pullik va bepul. Tarmoqqa bepul ulanish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:

1. Metroga tushishdan oldin "Metrotelecom Free" tarmog’ini tanlang;
2. Telefon raqami orqali avtorizatsiyadan o’ting;
3. Reklama roligini tomosha qiling;
4. Internetga ulaning.

Internetga qanday ulanilishi bo'yicha  metroga tushishda joylashgan maxsus axborot tablolarida ham ko'rsatilmoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirish “Metrotelecom” va “Sola” Wi-Fi–operatori hamda "Toshkent metropoliteni" unitar korxonasining hamkorligida amalga oshirildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI