Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

22:38:00 (GMT +5), juma, 15 noyabr 2019

O'quv seminar-trening: Kadrlar salohiyati – taraqqiyot kafolati

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi tashabbusi bilan o'quv-seminar tashkil etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan yangi yo'nalishdagi islohotlar, ma'naviy yangilanishlar jarayonida kadrlar tayyorlash, ta'lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati va mavqeini yuksaltirish, bu jarayonga malakali mutaxassislarni keng jalb etish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu islohotlar zamirida davlat tashkiloti va korxonalarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan yangicha fikrlash, innovatsion yondashishni hamda doimiy ravishda o'z bilim, malaka va ko'nikmalarini oshirib borish vazifasi ham bor.

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatining boshqarmalari, markazlari, unitar korxonalari, aktsiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalarining personallar bilan ishlash tizimi rahbarlari uchun kasbiy malakasini oshirish bo'yicha o'tkazilgan o'quv-seminari ana shu vazifalarga bag'ishlandi.

  

Tadbir “O'zbekiston” lokomotiv deposida bo'lib o'tdi. Unda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida mavjud mehnat resurslaridan yanada oqilona va samarali foydalanish, kompetentli, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish orqali jamiyatimiz kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish tizimini yanada takomillashtirish, amaldagi mehnat qonunchiligi, me'yoriy-huquqiy hujjatlar, so'nggi yillarda respublikamiz va jamiyatimiz miqyosida mehnat munosabatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun va mohiyatini personal bilan ishlovchi mutasaddilarga yanada chuqurroq singdirish bo'yicha muhim vazifalar tahlil etildi.

O'quv-seminar qizg'in bahs-munozaralarga boy, interfaol usulda o'tkazildi. Tadbir doirasida o'quv-seminar ishtirokchilari uchun depo hududi bo'ylab ekskursiya ham tashkil etilib, so'nggi yillarda depoda amalga oshirilgan diqqatga sazovor ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. 

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish