Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

22:41:00 (GMT +5), juma, 15 noyabr 2019

Hurmatli hamkasblar!


Sizlarni, butun temiryo'lchi jamoa a'zolarni “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 25 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!

Sizlarning fidokorona, mardonavor, oliyjanob mehnatingiz natijasida bugungi kunda, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining qon tomiri hisoblanmish temir yo'l transporti mamlakatimiz xududlarini ishonchli bog'lovchi rivojlangan zamonaviy infratuzilmalar bilan jihozlangan yagona, yaxlit tizim sifatida xalqimizning uzog'ini yaqin, og'irini yengil kilish yo'lida xizmat qilmoqda.

Yurtimizning buyuk kelajagi, xalqimizning farovonligi, baxt-saodati, sohamizning bundan-da yuksak tarakkiyoti yo'lida olib borayotgan keng qamrovli faoliyatingiz, beqiyos bunyodkorlik ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik, farovonlik, yurtimiz ravnaqi yo'lidagi ishlaringizda muvaffakiyatlar yor bulsin!


Hurmat bilan,

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ
boshqaruvi raisi

 X.Xasilov


O'zbekiston temiryo'lchilari
va transport quruvchilari
kasaba uyushmasi
Respublika Kengashi raisi

K.Sobirov

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish