×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

23:55:02 (GMT +5), seshanba, 7 iyul 2020

Konstitutsiya – fuqarolarni huquq va erkinligining kafolatidir!

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatining faollar zalida O'zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Unda Jamiyat boshqaruvi raisi va  rahbarlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda Jamiyat boshqaruvi raisi X.Xasilov so'zga chiqib, barcha yig'ilganlarni ushbu sana bilan samimiy tabrikladi va o'tgan davr mobaynida temir yo'l sohasida erishilgan yutuqlar hamda hozirgi kunda bajarilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari yuzasida ma'lumot berib o'tdi. Shuningdek, bu erishilayotgan yutuq va islohotlar samarasini bevosita Konstitutsiya bilan bog'lash mumkinligini ta'kidladi. 

Bunda mamlakatimizda tinch va farovon hayot mujassamligi fuqorolarning erkin, haq-huquqlari to'laqonli ta'minlanganligi, shart-sharoitlar yaratilgayotligini aytib o'tdi. Tizimda ham bu borada qator ijobiy ishlar yo'lga qo'yilganligi hamda yuk va yo'lovchi tashish xizmatlari, eksport salohiyatining yil sayin oshib borayotganligi, ravon yo'lar, o'nlab zamonaviy ko'priklar, poytaxtimizda yangidan bunyod etilayotgan yer osti va yer usti metro yo'nalishlari, Sharqiy aeroport qurilishi, yangi temir yo'l liniyalarining uzaytirilib elektrilashtirilganligi, shuning barobarida xorijiy davlatlar bilan o'zaro shartnomalar imzolanib, ilg'or texnika va texnologiyalar, “Afrosiyob” elektropoezdalari xarid etilganligi, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdning Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz shaharlari bo'ylab qatnovi yo'lga qo'yilganligini, qishloq xo'jaligidagi bog'dorchilik, dehqonchilik, chorvachilik, yilqichilik, baliqchilik va parrandachiliklarning ham samarali amalga oshirilayotganligini, tizimda kadrlar tayyorlash, ularni ish bilan ta'minlash borasidagi qator ko'zga ko'rinarli yutuqlar mujassam ekanligini ta'kidladi. 

Sanoat korxonalari davr talabiga mos texnologiyalar bilan jihozlanib, u yerda zamonaviy yo'lovchi va yuk vagonlarni, turli kimyoviy moddalarini tashuvchi vagon-sisternalarni va yangi turdagi yarim, yopiq vagonlarni ishlab chiqarilayotgani, vagon quyma ehtiyot qismlarini mahalliylashtirilganligi, shuningdek, bugungi kunda sohada ko'mir sanoatini texnik jihatdan qayta jihozlash, modernizatsiya qilish, kon ishlarining samaradorligini oshirish, resurslarni tejaydigan yangi, progressiv texnologiyalarni joriy etish, aholiga ko'mir mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilayotganligi va bunda 90 ming nafardan ortiq temiryulchilar nafaqat yuk va yulovchi tashish, balki hukumat tomonidan ishonib topshirilyotgan ulkan loyihalarni sifatli va samarali bajarib, mamlakatimiz ko'rkiga ko'rk qo'shayotganligini faxr bilan tilga oldi.  

Xususan, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida, tabiiy sharoiti, iqlimi og'ir hududlarga toza ichimlik suvi yetkazib berish, qishloq va mahallalarni obod qilish, xalqimiz farovonligini oshirish, arzon uy-joylar, ta'lim-tarbiya va sog'liqni saqlash muassasalar, madaniyat va sport maskanlarini barpo etish yo'lida olib borilayotgan ezgu ishlarni xalqimiz mamnuniyat bilan e'tirof etmoqda. Bunda temiryo'lchilarning munosib hissasi boriligini mamnutiyat bilan aytib o'tish joizdir.

Anjuman davomida 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bo'lib o'tishi va bu muhim siyosiy jarayonda ham fuqarolarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklari, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari tamoyillari asosida amalga oshirilishi, ushbu saylovlarda davlat va jamiyat taqdiriga, Vatan ravnaqi va xalq manfaatlariga befarq bo'lmagan, ilg'or fikrli, tashabbuskor va fidoyi temiryo'lchilardan ham nomzodlarning borligi barchamizni birdek, quvontiradi. Bu xalqaro standartlar, printsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora o'tkazilishi kutilayotgan bu muhim siyosiy jarayonda temiryo'lchilar faol ishtirok etadi va munosib nomzodlarga o'z ovozini beradi.

Tadbirning badiiy qismida el ardog'idagi taniqli san'atkorlar va Markaziy temiryo'lchilar madaniyat saroyi xonandalarining kuy-qo'shiqlari hamda raqslari o'zgacha fayz bag'ishladi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish