2020-yilning 1-yanvaridan boshlab qo'riqlanadgan yuklar uchun yig'im miqdori oshiriladi


Moliyaviy intizomni mustahkamlash va temiryo'l transportida tashiladigan tovarlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida, ko'rsatilgan xizmatlar uchun o'zaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O'zbekiston Respublikasida yeng kam ish haqi miqdorining oshishi oqibatida harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo'lgan yuklarni qo'riqlash bilan bog'liq xarajatlari oshishi munosabati bilan yig'im miqdori quyidagicha belgilangan:

- Qo'riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo'lgan yuklar ro'yxatiga 
kiritilgan va TexPDga ko'ra to'lov bilan O'zbekiston Respublikasi hududida mahalliy, yeksport va import tovarlarga 1 vagon-km va konteyner-km (QQS tashqari) uchun – 414 so'm;

- Qo'riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo'lgan yuklar ro'yxatiga kiritilgan va ekspeditorlik tashkilotlar orqali to'lov bilan O'zbekiston Respublikasi hududida 1 vagon-km va konteyner-km (QQS bilan birga) uchun – 0,11 AQSH dollar.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI