Poytaxtdagi yana bir o'tish yo'li zamonaviy ko'rinishga ega bo'lmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ-3632-sonli qarori bilan tasdiqlangan avtomobil ko'priklari, yo'l o'tkazgichlar va boshqa sun'iy inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash dasturiga binoan, bugungi kunda Toshkent shahrining A.Donish ko'chasidan kichik halqa avtomobil yo'li, Miskin va U.Shirin ko'chalari kesishmasidagi yo'l o'tkazgichda mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur inshoot poytaxtdagi birinchi zamonaviy yo’l o’tkazgich bo’lib, 2000 yilda Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko'chasida qurildi. Kengligi 29 metr bo'lgan  912 metr uzunlikdagi (yondoshish yo'llari bilan birga) ushbu inshoot shaharning uchta tumanini birga bog’lab yanada obod qildi. Qariyib 20 yil davomida, yo'l o'tkazgichida hech qanday ta'mirlash ishlari amalga oshirilmadi. Shu sababli temir-beton konstruktsiyalar va yo'lning yuqori qatlami yaroqsiz holga keldi. Joriy yilning avgust oyida "Ko’prikqurilish" Tresti UKning mutaxassislari tomonidan ta'mirlash ishlari boshlandi.

Dastlab, to'sinlar, ustunlar va tayanchlarning temir-beton konstruksiyalarinurlari tiklandi. Bundan tashqari, qatnov qismining temir panjaralari, dekorativ temir-beton plitalar demontaj qilindi, 2000 m2 maydonida qalinligi 12 sm bo'lgan himoya beton qatlami olib tashlandi va bu ishlar sentyabr oyida tugatildi. Oktyabr va noyabr oylarida temir-beton konstruksiyalarni o'rnatish ishlari boshlandi. Xususan, bugungi kunga qadar 2000 m2 maydonda yangi beton qoplamasi bilan qoplandi. Piyodalar uchun ajratilgan qismida izolyatsiya ishlari yakunlandi. Dekabr oyining oxiriga qadar yo'l o'tkazgichdagi asfalt-beton qoplamalarni yotqizish ishlari yakuniga etishi rejalashtirilgan.

Barcha demontaj va montaj ishlari belgilangan me'yorlarni hisobga olgan holda qurilish qoidalari va shartlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Shuni ham inobattga olgan holda alohida ta'kidlash kerakki, avtomobillarni yuqori o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lgan ushbu inshootning ta'mirlash ishlari yo'l harakatini to'xtamasdan amalga oshirilmoqda. Va, albatta, ushbu omil yo'l ustidagi ta'mirlash ishlarining davomiyligiga ta'sir qilmoqda. Bundan tashqari, ko'prik quruvchilarimiz bir vaqtning o'zida Toshkent metropolitenining halqa yo’li va Yunusobod liniyasidagi qurilish ishlarining 2-bosqichini yakunlashda ham faol qatnashmoqdalar.

Shu o’rinda, poytaxt aholisi va mehmonlaridan vaziyatni to'g'ri tushunishlarini va har bir haydovchidan, ushbu yo'l o'tkazgichdan o'tayotganida, shoshilmasdan tartib bilan o'tishlarini so'rab qolamiz.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI