Yana bitta yo'nalishdagi qo'shimcha poyezd

“O'zbekiston temir yo'llari”AJ tomonidan Qamchiq dovoni yo'nalishdan foydalanadigan barcha yo'lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2019 yil 21 dekabr kuni yana bitta qo'shimcha poyezd qatnovi yo'lga qo'yildi.

№62/61 sonli Toshkent – Qo'qon – Toshkent yo'nalishida harakatlanadigan qo'shimcha poyezd bugun, 21 dekabr kuni soat 22:40da Toshkent-Janubiy vokzalidan jo'naydi, 22 dekabr kuni  soat 03:17da Qo'qon vokzaliga yetib boradi. 22 dekabr kuni tonggi soat 04:05da esa mazkur poyezd Qo'qon – Toshkent  yo'nalishida harakatlanadi va shu kuni soat 08:55 da Toshkent-Janubiy vokzaliga kirib keladi.  

IZOX: Joriy etilgan kushimcha yulovchi poezdlari Toshkent - Andijon - Toshkent yunalishdagi mavjud yulovchi poezdlar xarakat jadvaliga ta'sir etmaydi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI