Yo'lovchilar diqqatiga!

“O'zbekiston temir yo'llari”AJ tomonidan Farg'ona vodiysi aholisi hamda ushbu yo'nalishda yo'lga chiqadigan barcha yo'lovchilarga yanada ko'proq qulaylik yaratish maqsadida 2019 yil 22 dekabr kuni Toshkent - Qo'qon – Toshkent yo'nalishida yana bitta qo'shimcha №98/97 sonli poyezd qatnovi yo'lga qo'yildi.

№98 sonli Toshkent - Qo'qon yo'nalishida harakatlanadigan navbatdagi qo'shimcha poyezd bugun soat 13:30da Toshkent-Janubiy vokzalidan jo'natiladi, soat 18: 45da Qo'qon vokzaliga qabul qilinadi. 

Shuningdek, №97 sonli Qo'qon-Toshkent  yo'nalishida harakatlanadigan poyezd bugun soat 19:30da Qo'qon vokzalidan jo'natiladi va tungi soat 00:10da Toshkent-Janubiy vokzaliga etib keladi.

Qo'shimcha ma'lumot sifatida ta’kidlash joizki, Toshkent – Angren – Orzu – Pop vokzallari o'rtasida harakati yo'lga qo'yilgan shaharlararo poyezdlar ham qatnovini amalga oshiradi.

IZOH: Mazkur yo'lga  qo'yilgan qo'shimcha poyezdlarda Qamchiq dovonida noqulay ob-havo tugaguniga qadar yo'lovchilarga xizmat ko'rsatiladi. Ushbu qo'shimcha poezdlar Toshkent – Andijon – Toshkent yo'nalishidagi mavjud yo'lovchi poezdlar harakat jadvaliga ta'sir etmaydi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI