Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

23:02:26 (GMT +5), dushanba, 6 iyul 2020

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida harbiylar taqdirlandi

14 yanvar – O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizning barcha hududlarida keng nishonlanmoqda. 

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 13 dekabrda “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoyishi e'lon qilingan edi.

Mazkur farmoyish ijrosi doirasida temir yo'l tasarrufidagi barcha korxona va tashkilot, o'quv muassasalarida ishchi-xodimlar, ayniqsa yoshlar qalbida harbiy-vatanparvarlik va ma'naviy-axloqiy tuyg'ularni kuchaytirish, turli madaniy-ma'rifiy, sport tadbirlari tashkil etilmoqda. 13 yanvar kuni “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida Transport vositalarida qo'shinlar harakatini ta'minlash markazida faoliyat ko'rsatayotgan bir guruh harbiylar Jamiyat rahbariyati tomonidan munosib rag'batlantirildi.


Tadbirda boshqaruv raisi o'rinbosari Akmal Kamalov temir yo'l transportining yurtimiz Qurolli Kuchlari faoliyatida, umuman, harbiy sohаdagi ishlarda munosib hissasi borligini aytib o'tdi. Ma'lumki, qurol-aslaha va jangovar texnikalarni tashish ishlari temir yo'l, havo hamda avtomobil transport vositalari orqali amalga oshiriladi. So'nggi yillarda temir yo'l orqali harbiy aslahalarni tashish, stantsiya hududlari yaqinida harbiy o'quv poligonlarini tashkil etib, soha xodimlarini jangovor tayyorgarligini oshirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Jangovar texnikalar va harbiy yuk ortilgan temir yo'l vagonlarini yo'l davomida qo'riqlab, kuzatib borish uchun qorovul shaxsiy tarkibi uchun maxsus jihozlangan vagonlar tayyorlangan.  

– Ana shu ishlarda eng asosiy mas'uliyat “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatidagi Transport vositalarida qo'shinlar harakatini ta'minlash markazining ham zimmasidadir, – dedi A.Kamalov. – Bayram munosabati bilan markazda faoliyat olib borayotgan o'z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, vatanpavar, faol harbiy xodimlarni “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va ko'psonli temir yo'l jamoasi nomidan samimiy tabriklayman. Vatanimiz tinchligi, xalqimiz baxtu iqboli yo'lida qilayotgan mas'uliyatli va sharafli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Temir yo'l sohasidagi olib borayotgan harbiy tashishlar bilan bog'liq ishlarni yanada sifatli va xavfsiz bajarilishidek mas'uliyatli ishda sizlarni aslo sadoqat va qat'iylik tark etmasin.

Boshqaruv raisi o'rinbosari bayram munosabati bilan “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Transport vositalarida qo'shinlar harakatini ta'minlash markazi xodimlarini qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirladi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish