Muhim masalalar muhokama qilindi

2020 yil 24 yanvar kuni Qozog'iston Respublikasi "Sariog'och" shahar hokimiyatida “Yo'lovchi tashish transporti” AJ va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ hamda O'zbekiston va Qozog'iston Respublikalarining bir qator davlat organlari vakillari ishtirokida  ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda, O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyasining 18-qo'shma yig'ilishi bayonnomasida belgilab berilgan ayrim vazifalar ijrosi xususida so'z yuritildi.

Sir emaski, so'nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda temir yo'l transportidan foydalanishda, ayniqsa davlatlar o'rtasidagi chegara o'tish punktlarida hamda yo'l davomida migratsiya, chegara, bojxona xizmatlari, ichki ishlar kabi qator davlat organlari tomonidan o'tkaziladigan tekshiruvlar, poezdlarning davlat chegara o'tish punktlarida uzoq muddat ushlab qolinishi kabi yo'lovchilarning e'tirozlariga sabab bo'layotgan turli xil ma'lumotlar tarqaldi. Bundan tashqari yo'lovchilar tomonidan tegishli tashkilotlarga bir qancha shikoyat va murojaatlar ham kelib tushmoqda.

O'tkazilgan ishchi guruhining yig'ilishda ushbu masalalarga alohida e'tibor qaratildi. “O'zbekiston temir yo'llari” Aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli yo'lovchi poezdlarining Qozog'iston Respublikasi xududidan hamda Qozog'istonning “Yo'lovchi tashish transporti” Aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli yo'lovchi poezdlarining O'zbekiston xududidan o'tishida har ikkala davlat migratsiya, bojxona , chegara xizmati, ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida qo'shma monitoring o'tkazish borasida fikrlashib olindi. Shuningdek, yig'ilishda davlat chegara stantsiyalarida bojxona, chegara xizmatlari nazorati jarayonlarini tezlashtirish, migratsiya, ichki ishlar organlari kabi tashkilotlar tomonidan yo'l davomida yo'lovchilarning hujjatlarini tekshirish kabi holatlarni kamaytirish, bundan tashqari, ikkala davlat qonunchiligidan kelib chiqib, poezd ichida yo'lovchilarga davlat chegaralaridan o'tishda nimalarga e'tibor qaratishlari hamda zurur hujjatlar haqida ko'proq ma'lumotlar berishni, tushuntirish ishlarini yo'lga qo'yish hamda yo'lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni o'z vaqtida o'rganish, ularni tegishli davlat organlariga yuborib kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf qilish, shuningdek, sohaga oid boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.

Tadbir so'nggida ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishini 2020 yilning bahor oylarida O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o'tkazishga kelishib olindi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI