Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:25:52 (GMT +5), dushanba, 19 oktabr 2020

Bugun xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan poyеzdlar soni yana bittaga ko‘paydi

Avval xabar berganimizdek, fevral oyidan boshlab xalqaro yo‘nalishda yana bitta poyezd qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi

Bugun, 8 fеvral kuni soat 20:15 da Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida yo‘lovchi poyеzdining muntazam qatnovi boshlanаdi. Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yo‘nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilarimiz Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va Pop vokzallaridan jo‘nashlari mumkin. Chiptalarni joylardagi chiptaxonalardan xarid qilish mumkin yoki elektron tarzda, e-ticket@railway.uz sayti va uning mobil ilovalari orqali rasmiylashtirishingiz mumkin. 

DIQQAT! Yurtimizdagi ichki reyslari uchun shunchaki printerdan chiqarilgan elektron chipta bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezdga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lsa, xalqaro reyslar uchun esa, elektron chiptani temir yo‘l chiptaxonalarda davlatlararo kelishuvlarga muvofiq belgilangan shakldagisiga almashtirilishi shart! Chunki, safar davomida boshqa davlatlar nazoratchilari aynan belgilangan shakldagi chiptalarni tekshiruvdan o‘tkazadi. Hozirgi kunda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan ushbu masala borasida muzokaralar olib borilmoqda. Ya’ni yaqin kunlarda xalqaro reyslarga xarid qilingan elektron chiptalar ham faqat printerdan chiqarilgan shaklda safar davomida amal qilishi ko‘zda tutilgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish