Temir yo‘ldan foydalanish va o‘tish qoidalari buzilishi haqidagi sharh


Elektron OAV va turli ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 11 fevral kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida yuk poyezdi yosh qizni urib yuborgani va uning ahvoli juda og‘ir ekanligi haqida ma'lumot tarqatilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu hodisa 11.02.2020 yil soat 09:57 da Paytug‘ – Kuyganyor peregonida sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan fuqoro Turg‘unova N. temir yo‘llardan foydalanish va yuqori xavfli hududdan o‘tish qoidalarini buzdi, bu esa uning 2TE10M-0116 rusumli Andijon – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan yuk poyezdi bilan to‘qnashuviga olib keldi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda tegishli organlar tomonidan sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergov olib borilmoqda. 

Piyodalarga eslatib o‘tamizki, ushbu uchastkalarni kesib o‘tish uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joylar, piyodalar ko‘prigi, alohida taxta mavjud.

DIQQAT! Poyezd faqat bitta yo‘l bo‘lylab harakat qiladi! Uning boshqa yo‘li mavjud emas! Temir yo‘lni kesib o‘tadigan avtomobil haydovchilarining yoki piyodalarning har doim ham tanlash imkoniyati bor va biroz kutib turishlari mumkin. Temir yo‘lda poyezd har doim ustuvorlikka egadir! Chunki poyezdlarning tormozdan keyin bosib o‘tiladigan masofasi ancha uzun, hatto past tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa ham.

Shuni unutmangki, temir yo‘l xavfli joy hisoblanadi! Shuning uchun, har birimiz ehtiyot bo‘lish, barcha xavfsizlik talablari va qoidalariga rioya qilish lozim!  Bu Sizning, oilangizning va do‘stlaringizning xavfsizligini kafolatlaydi!

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI