Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

17:32:44 (GMT +5), yakshanba, 12 iyul 2020

“Orolni asraylik” aksiyasida temiryo‘lchilar faol ishtirok etdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi boshqarma, markaz, korxona, va o‘quv muassasalarining ko‘ngilli yoshlari Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish maqsadida “Orolni qutqaraylik” aksiyasini tashkil etishdi.

Bo‘lib o‘tgan mazkur aksiyaga yuzga yaqin shijoatli yoshlar jalb qilinib, Orolbo‘yi hududida to‘qayzorlar tashkil qilish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning oltita mintaqaviy temir yo‘l uzellaridan tashrif buyurgan yigit-qizlar birdamlikda ish olib bordi.  

Hozirda Orolbo‘yi hududidagi tuzli qumlarni atrofga tarqalishini kamaytirish hamda ekologiyasini yaxshilash maqsadida saksovul, yulg‘un va qorabaraq kabi butasimon o‘simliklar ekish yo‘lga qo‘yilgan. Mo‘ynoq tumani hokimligining ma'lumotiga ko‘ra o‘tgan uch yil mobaynida ekilgan ko‘chatlarning monitoringida ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi.

Havoning sovuqligiga qaramasdan yoshlar ishni jadallik bilan olib bordi. Natijada yetti gektarga yaqin maydonga saksovul va boshqa ko‘chatlar o‘tqazildi. Buni raqamlarga aylantiradigan bo‘lsak 7000 tub ko‘chat degani. Ko‘zlangan natijaga erishish uchun besh yil muddat kerak bo‘ladi. Ropa-rosa besh yildan keyin Orolbo‘yi hududida katta to‘qayzorlarni ko‘rishimiz shubhasiz.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish