Bayramingiz muborak, aziz va muhtarama ayollar!

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faollar zalida 8 mart - Xaqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan katta konsert dasturi o‘tkazildi.

Bayram tadbirida Jamiyat boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov so‘zga chiqib, barcha temiryo‘lchi ayollarni ushbu go‘zal ayyom bilan chin dildan muborakbod etdi. Ayollarni e'zozlash, hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azaldan buyuk qadriyat sifatida davom ettirib kelayotgani, ushbu an'ana Prezidentimiz  raxnamoligida ham  amalga oshirilayotgani, jamiyatda xotin-qizlarni nufuzini oshirish, huquq va manfaatlarini ta'minlash, salomatligini mustahkamlash, jumladan, ularning mehnatini munosib qadirlanishida erkaklar qatorida davlat mukofotlari bilan taqdirlanayotgani va xatto, gender tenglik asosida ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi borasida ham ko‘zga ko‘rinarli ishlar qilinayotganligini alohida ta'kidladi. Bu temir yo‘l tizimida ham o‘z tasdig‘ini topganligi 14 mingdan ortiq temiryo‘lchi xotin-qizlar orasida 37 nafari turli davlat mukofotlari va 86 nafari esa “Faxriy temiryo‘lchi” ko‘krak nishoni hamda 3 nafar ”Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani aytib o‘tdi. Ayni damda temir yo‘l tizimida ham rahbarlik lavozimlariga tayinlash borasida ayollar nomzodlari ko‘rib chiqilayotganligini faxr bilan tilga oldi.

Anjumanni badiiy qismida el ardog‘idagi  san'atkorlarning kuy-qo‘shiqlari o‘zgacha fayz bag‘ishladi va bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishiga omil bo‘ldi.








Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI