Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

14:13:29 (GMT +5), seshanba, 26 Мая 2020

Yuklarni konteynerizasiyalash sohasida hamkorlikni kengaytirish

Jahon miqiyosidagi COVID-19 koronavirus pandemiyasi va ko'plab mamlakatlarda davlatlararo avtotransportga qo'yilgan cheklovlar sharoitida, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yuk oqimlarini avtomobildan temir yo'l transportiga yo'naltirish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Shu kunlarda Transkavkaz multimodal yo'lagi (koridori) bo'ylab navbatdagi konteynerli yuk poyezdi Turkiyadan O'zbekiston orqali Qirg'izistonga, ishlab chiqarish sohasiga yo'naltirilgan butlovchi va ehtiyot qismlar 149 ta konteynerlarda (20-40 futli) yetkazib berildi. 

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning yanvar oyi ohirida Qirg'izistondan dastlabki uchta yuk poyezdi O'zbekiston hududi orqali Gruziyaga jo'nadi. Aprel oyida Turkiyadan elektr uzatish liniyalarini qurish uchun zarur bo'lgan maxsulotlar konteynerlarda O'zbekiston orqali  Qirg'izistonga etkazildi. Bundan tashqari, joriy yil boshidan O'zbekistondan Turkiyaga eksport yuklari ortilgan 700 dan ortiq konteynerlar yuborildi. Ushbu yuk tashishlarga xizmat ko'rsatish "O'ztemiryo'lkonteyner"AJ tomonidan amalga oshiriladi.

O'zbekiston va Turkiya temir yo'l ma'muriyatlari o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida, shu kunlarda onlayn-videokonferensiya orqali muzokaralar bo'lib o'tdi. 

Ishtirokchilar tomonidan xalqaro qatnovlarda yuklarni temir yo'l orqali tashish va konteyner tashuvlarini oshirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etildi.

Yuk tashishdagi hamkorlik rivojlanayotgan multimodal yo’lak (koridor)ning o'ziga xos xususiyati, ishtirokchi mamlakatlar eksportchilari uchun o'z mahsulotlarini qisqa muddatda yetkazib berish imkoniyatini ta'minlash omili ekanligi ta'kidlandi.

Batafsil ma'lumot uchun yuklarni temir yo'l orqali tashish bo'yicha mijozlar to'g'ridan-to'g'ri +998909384000 raqamiga, yoki Telegram-messenjerdagi "Temiryollogistic" kanaliga murojaat qilishlari mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish