Temiryo‘lchi talabalar Vataniga qaytarildi

Moskva shahridan charter aviareys orqali Rossiya oliy o‘quv yurtlari  N.E.Bauman nomidagi Moskva Davlat texnika universiteti, Moskva Davlat po‘lat va qotishmalar instituti, Rossiya transport universiteti, Sankt-Peterburg davlat aloqa yo‘llari universiteti, Omsk davlat aloqa yo‘llari universiteti va Moskva arxitektura institutida tahsil olayotgan Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining 220 nafar talabasi (bakalavr, magistr, aspirant) Toshkentga olib kelindi.

Barcha talabalar Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining yotoqxonasida karantinga joylashtirildi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar, shu jumladan, kuniga uch mahal issiq ovqat bilan ta'minlash ishlari tashkil etildi. Onlayn-ta'limni davom ettiradigan talabalar yuqori tezlikdagi Internetga ulanish uchun sharoit yaratildi. 14 kunlik karantin davri tugaganidan so‘ng barcha talabalar o‘z uylariga yuboriladi.

Shuningdek, yaqin kunlarda Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida tahsil olayotgan yana 102 nafar talaba o‘z Vataniga qaytarilishi rejalashtirmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI