Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

18:27:21 (GMT +5), seshanba, 4 avgust 2020

Fransiya ta’lim muassasalalari bilan hamkorlik

Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati 30 iyun kuni Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de l’aviation civile), Tuluza biznes maktabi hamda “Airbus” kompaniyasining vakillari bilan videoaloqa orqali muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ko‘magida Evropada aviatsiya sohasidagi eng katta o‘quv yurti hisoblangan Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de l’aviation civile) hamda Tuluza biznes maktablari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kelajakda yurtimizda avitsiya sohasi uchun malakali uchuvchilar va yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida videomuloqot tashkil etildi.

Videomuloqotda Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de l’aviation civile), Tuluza biznes maktabi hamda “Airbus” kompaniyasining vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida quyidagi yo‘nalishlarda memorandum tuzishga kelishib olindi:
– Toshkent davlat transport universitetida o‘quv bazasini yaratish;
– fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash yuzasidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dasturlar tuzish;
– uchuvchilarni tayyorlash maqsadida talabalar akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
– professor-o‘qituvchilarni Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabida malaka oshirish va stajirovka dasturlari bo‘yicha o‘qishga yuborish;
– uchuvchilarini tayyorlash dasturlar bo‘yicha o‘qitish shart-sharoitlarini muhokamasini tashkil etish;
– Fransiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.

Ushbu videomuloqotda Fransiyadan ENAC maktabining direktori o‘rinbosari – xalqaro ishlar bo‘yicha direktor Nikolas Kasalis, ENAC uchuvchilar maktabi direktori Teri de Baskia, ENAC biznes hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Fabris Fabr, Tuluza biznes maktabining aviatsiya sohasida biznes boshqaruvi magistraturasi yo‘nalishini muvofiqlashtiruvchi direktori Kristof Benaroya, AIRBUS kompaniyasining xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti Silver Delunay, AIRBUS kompaniyasining Sharqiy Evropa davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Jak Garig, THALES kompaniyasining savdo masalalari bo‘yicha direktori Orson Storar, THALES kompaniyasining sanoat sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha direktori Denis Pogarelov, THALES kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha vakili Sergey Romanets, O‘zbekiston Respublikasidan Transport vazirining o‘rinbosarlari Jasurbek Choriev hamda Akmal Mirzaev, Transport vazirligining Havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Doniyor Djumaev, Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmanov hamda prorektor Abdulaziz Gulamov ishtirok etdi.

Toshkent davlat transport universiteti axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish