Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

19:55:30 (GMT +5), seshanba, 4 avgust 2020

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi yig'ilishida joriy yilning 6 oylik faoliyati yakunlari va yilning ikkinchi yarmidagi istiqboldagi vazifalari muhokama etildi

Yig'ilishda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
Jamiyatning 2020 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati natijalari va ikkinchi yarmimdagi vazifalarning bajarilishi masalalari; 
2020 yilning birinchi yarim yilligida investitsiyaviy siyosatining amalga oshirilishi va  yil oxirigacha prognoz ko'rsatkichlari;  
Poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash.

Yig'ilishda joriy yilning olti oyi davimidagi faoliyati yakunlari tahlil qilinib, bunda asosan belgilangan rejalarning  ortig'i bilan bajarilayotganligi ta'kidlab o'tildi. Shu bilan birga, butun dunyoda avj olgan koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakatimiz temir yo'llari yuk tashish sohasida barqaror transport vositasi ekanligi ta'kidlanib, bundan keyin ham shu tarizda  yuk aylanmasini  samarali tashkil etilishi va ularni etkazilib berishdagi sifat darajasini ta'minlash hamda yuklarni tashish bardavomliligini saqlagan holda davom ettirish kerakligi aytib o'tildi. 

Bugingi kunda muhim hisoblangan tovar-mahsulotlarni mamlakat ichkarisida hamda eksport-import tashuvlari bir kunga ham to'xtatilmayotganligi tilga olindi.

Pandemiya davrida temir yo'l transportiga talab keskin o'shganligini hisobga olgan holda, temir yo'l transporti orqali yuk tashuvlarning o'sishi qayd etildi, ularning ulushi umumiy hajmda 75 foizdan 87 foizgacha ko'tarildi.
Shuningdek, xizmatlar va mahsulotlar eksportining o'sishi dinamikasida mahalliylashtirish dasturiga muvofiq import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni bajarilishi ta'minlanayotganligi qayd etildi.

2020 yilda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan 24 ta investitsion loyihalarni amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Toshkentda qurilayotgan yer usti metrosi uchun zamonaviy poyezdlar sotib olish, lokomotiv parkini yangilash, Sergeli yo’nalishidagi metro liniyasini qurish va Yunusobod liniyasini uzaytirish, "Sharg'unko'mir" AJni modernizatsiya qilish, shuningdek, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan yana bir qator loyihalar ko'zda tutilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, ba'zi loyihalar o'z vaqtida amalga oshirilgan bo’lib ayni damda foydalanishga tayor. Masalan, 2020 yilning 1-choragi yakunlariga ko'ra, Yunusobod metrosi qurilishining II bosqichi, Toshkent halqa metro liniyasi (Do'stlik – Qo'yliq uchastkasi) qurish hamda Andijon – Savay – Xonobod temir yo'l uchastkasini modernizatsiya qilish ishlari batamom tugatildi.

Investitsion loyihalar qatorida, Sergeli metrosining qurilishini 2020 yil oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu davrda Pop – Namangan – Andijon temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish loyihasini yakunlash rejalashtirilgan va Farg'ona vodiysining uchta viloyati – Namangan, Farg'ona va Andijon o'rtasida halqa temir yo'li orqali yo'lovchi elektropoyezdlar qatnovi yo'lga qo'yilishiga zamin yaratadi.

Shuningdek, istiqbolli loyihalardan yana biri, yuqori tezlikda harakatlanishni tashkil etuvchi Navoiy – Buxoro ikkinchi elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasini qurish va Buxoro – Misken – Xiva tezyurar temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish borasidagi ishlarning amalga oshirishi ham muhim ahamiyatga ega.

Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash temir yo'l transportida muhim vazifalardan hisoblanadi, bu "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyatining doimiy diqqat-e'tiborida. 

Yig’ilishda karantin tadbirlariga qat'iy amal qilishni davom ettirish muhimligi ta'kidlandi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish nuqtai nazaridan, xodimlarga barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish