Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

18:55:46 (GMT +5), seshanba, 4 avgust 2020

Temiryо‘lchi - faxrli va sharafli kasb!

Ma’lumki, yurtimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yildan boshlab har yili avgust oyining birinchi yakshanbasi Temir yo‘l transporti xodimlari kuni sifatida rasman nishonlanib kelmoqda. Ushbu kunda bir guruh temiryo‘lchilarga xalqaro "Faxriy temiryo‘lchi" unvoni va ko‘krak nishoni topshirilishi an’anaga aylandi.

Bayram arafasida ushbu sana munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Videokonferensiya shaklida o’tkazilgan yig’ilishda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Xusnutdin Xasilov mamlakatimizning minglab temiryo‘lchi xodimlari jamoasini tabrikladi. 

– Bugungi kunda butun dunyo murakkab davrni boshdan kechirayotganiga qaramasdan, temiryo‘lchilar sohamizning eng chekka hududlarida ishlaydiganlardan tortib, markaziy apparatdagilarga qadar bo‘lgan har bir xodimimiz temir yo‘l sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda, o‘tgan bir yil davomida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish, ishlab chiqarish sektori va "O'zbekiston temir yo'llari" AJning qolgan barcha tarkibiy bo‘linmalarning barqaror rivojlanishini ta'minlab kelmoqdalar, – dedi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ  raisi v.b. X.Hasilov. – Ammo oldimizga yana ko‘plab istiqbolli vazifalar qo‘yilgan, keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan va shunga aminmanki, bizning fidoyi temiryo‘lchilarimiz o‘zlarining tajribalarini, ishdagi tirishqoqlik va o‘z kasbiga fidoiylikni namoyish etib, bizga bildirilgan ishonchni oqlaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rahbariyati nomidan tadbirda ko‘p yillik samarali faoliyati, yuqori natijalari, ishda ko‘rsatgan yutuqlari va tashabbusi uchun, bir guruh temiryo‘lchilar "Faxriy temirchyo‘lchi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Shuningdek, yana bir boshqa ilg‘or temiryo‘lchilar guruhiga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Axborot-tahliliy media markazi

Yuklash uchun hujjatlar

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish