Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

13:53:17 (GMT +5), chorshanba, 25 noyabr 2020

Metropoliten yo'lovchilariga eslatma

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infektsiyasining paydo bo'lishi va tarqalishini oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2020-yil 15-avgustdan boshlab Toshkent metropoliteni yo'lovchilariga o'z eshiklarini ochadi.

Shu bilan birga, metropoliten ishi hozirgi vaqtda zarur qoidalar va me'yorlarga rioya etilishini hisobga olgan holda tashkil etilganligini eslatib o'tamiz. Jumladan, yo'lovchilar metropolitenga kirganida va yo'l davomida sanitariya talablariga qat'iy rioya etishlari zarur:

- Yo'lovchining vestibulda, stansiya va poyezd vagonlarida bo'lgan vaqtida tibbiy niqob kiyishi shart. Tibbiy niqobsiz yo'lovchilar metroga kirish taqiqlanadi;

- Vestebul va kassalar yaqinida, stansiyada, zinapoyada, eskalatorlarda, shuningdek, metro vagonlarida ijtimoiy masofani saqlash zarur. Ushbu qoidalarga rioya qilish uchun mtropolitenda maxsus ko'rsatma va belgilar, ogohlantiruvchi stikerlar mavjud;

- Koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida metropolitenga kiraverishda dezinfektsiya tunnellari, haroratni o'lchash asboblari, shuningdek antiseptik dispenserlar o'rnatilgan. Shu munosabat bilan har bir yo'lovchining tana harorati tekshiriladi (agar tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo'lsa o'sha yo'lovchi metroga kiritilmaydi. Barcha yo'lovchilar qo'llarini antiseptik vositasi bilan yuviladi).


"Toshkent metropoliteni" UK

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish