Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

12:43:53 (GMT +5), chorshanba, 25 noyabr 2020

Yuk mashinasi va poyezd ishtirokidagi YTX haqida sharh

Bir kun oldin bir qator ommaviy axborot vositalarida yuk mashinasi yuk poyezdiga urilib, avtohalokat yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, avtohalokat Toshkent-O‘sh xalqaro avtomagistralining 185-kilometrida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo'qotganligi oqibatida yuk mashinasi temir yo‘l kesishmasida harakatlanayotgan poyezdga urilib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong'in va qutqaruv bo‘limi xodimlari yuk mashinasi ishtirokidagi avariya oqibatlarini bartaraf etishdi. Qayd etilishicha, voqeada jabrlanganlar yo‘q. 

Ta'kidlash kerakki, hodisa "O‘zbekko‘mir" AJga tegishli "Appartak" kirish yo‘lining temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan.


Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish