Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

13:06:22 (GMT +5), chorshanba, 25 noyabr 2020

Afg'onistondagi xodisa bo'yicha rasmiy ma'lumot

Joriy yilning 20 avgust kuni Afg'onistonning Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yo'l qo'riqchilariga hujum uyushtirilgani haqida xabar tarqaldi.

Unga ko'ra korxona ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan korxona koordinatsiya bo'limi boshlig'i o'rinbosari, xaydovchi va Afg'oniston Ichki ishlar vazirligining temir yo'lni qo'riqlash batalyoni askari Xayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishgan.

Shundan so'ng temir yo'lning taxminan 43 kilometri yaqinida ularga noma'lum shaxslar tomonidan qurolli xujum uyushtirilgan.

Xujum natijasida korxona koordinatsiya bo'limi boshlig'i o'rinbosari jaroxat olgan, ikki nafar Afg'oniston fuqarosi (Ichki ishlar vazirligining temir yo'lni qo'riqlash batalyoni askari va bir nafar xujum qilgan noma'lum shaxs) halok bo'lgan.

Jaroxat olgan korxona koordinatsiya bo'limi boshlig'i o'rinbosari korxonaga tegishli avtomashinada Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazilgan.

21 avgust soat 7:00 dan Xayraton stantsiyasi o'z ishini davom ettirish uchun ochildi. Mozori-Sharif va Naibobod stantsiyalarida ochilishi bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, sodir bo'lgan ko'ngilsiz voqea oqibatida O'zbekiston fuqarolari halok bo'lmagan.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish