Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

12:36:18 (GMT +5), chorshanba, 25 noyabr 2020

Toshkent metrosi stansiyalaridagi o‘rindiqlar restavrasiyasi haqida

Hurmatli poytaxt metrosi yo'lovchilari! Hozirda metropolitenning stansiyalaridagi o‘rindiqlarni ta'mirlash ishlari olib borilayotganini ma‘lum qilamiz.

Ushbu ishlar belgilangan jadval asosida karantindan oldingi davrda (yo'lovchilar uchun xizmat ko‘rsatmagan paytida) boshlangan edi. Qayta tiklash jarayoni maxsus ustaxonalarda olib borilishini hisobga olib, xiyobonlarga o‘rnatilgan o‘rindiqlar bilan vaqtincha almashtirish to'g'risida ichki qaror qabul qilindi (hozirda "Paxtakor" va "Xalqlar do'stligi" stansiyalarida mavjud). Rekonstruksiya ishlari tugagandan so'ng, o‘rindiqlar o‘z joylariga qaytadan o‘rnatiladi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda metro stansiyalardagi “yangilangan” o‘rindiqlar to‘g‘risida noto‘g‘ri ma‘lumot tarqatilib xalqning salbiy muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat qayd etilgan va rasmda ko‘rsatilgan stansiyalardagi granit toshli o‘rindiqlar hozir ham, bundan oldin ham bo‘lmagan. Aksincha, yo'lovchilarga qulay bo'lishi uchun (ishga tushirilgan paytdan boshlab) keng yog'och qoplamali o‘rindiqlar o'rnatilgan (ilovadagi rasmga qaralsin). Shuni ham ma'lum qilamizki, cheklangan karantin davrida Toshkent metropolitenida ta'mirlash, qayta tiklash va boshqa qator bunyodkorlik tadbirlari bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilgan.

Jamiyatda, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri, asossiz va provokasion ruhdagi axborotlarni tarqatish uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligini eslatamiz!

"Toshkent metropoliteni" UK

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish