Zamonaviy elektrovozlar soni yana uchtaga ko‘paydi

Joriy yilning 28 avgust kuni Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzaliga navbatdagi uch seksiyali 3ES5K seriyali 3 ta yangi “Ermak” elektrovozi olib kelindi.


“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rossiya Federatsiyasining Novocherkassk shahrida joylashgan “Transmashxolding” aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan hamkorlik loyihasiga ko‘ra yurtimizga 2018 yilda 2 ta, 2020 yilning iyul oyida esa yana 2 ta 3 seksiyali ushbu korxonada ishlab chiqarilgan yangi Ermak nomli elektrovoz keltirilib, muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilingan edi. Navbatdagi keltirilgan elektrovozlar ham ana shu hamkorlikning uzviy davomidir. 

Taqdimot marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi va mas'ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda mutaxassislar yangi elektrovozlarning yuklarni tashish jarayonida muhimligini alohida ta'kidladilar. 

– Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi po‘lat izlarning umumiy uzunligi 7 ming 500 kilometrdan oshdi, shu bilan birga elektrlashtirilgan uchastka yo‘llari soni ham ko‘payib bormoqda, – deydi Lokomotiv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Soriev.– Bu turdagi lokomotivlar soni endi 7 tani tashkil etmoqda. Elektrovozdagi kompyuterlashtirilgan tizimi elektron qurilmlalarini ishlash umrini uzaytiradi va xavfsizlikni ta'minlashga xissa qo‘shadi. Undan tashqari ushbu elektrovozlar texnik ko‘rigi ham oldingi elektrovozlardan farq qiladi. Ya'ni oldingi elektrovozlar uch kunda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tsa, bu elektrovozlar 10 kunda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Ta'kidlash lozimki, mazkur elektrovozlarda Toshkent, Qarshi hamda Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzellar unitar korxonalari hududidagi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi viloyati yo‘nalishlarida harakatlanadigan yuk poyezdlariga xizmat ko‘rsatadi.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI