Imtiyoz va imkoniyat

Mamlakatimiz mustaqilligining 29  yillik shodiyonasini ko'tarinki kayfiyatda kutib olish, bayram kunlarida fuqarolarimizga qulaylik va imkoniyatlar yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 noyabrdagi PF-5875-sonli “2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 2020 yilning 30 avgustidan – 2020 yilning 1 sentyabr kunlari yo'lovchilarga mahalliy yo'nalishlarda harakatlanadigan poyezd chiptalarida chegirmalar taqdim etiladi: 

- Nafaqaxo'rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%;

 - Oliy o'quv yurtlari talabalari, maktab o'quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta'lim muassasalari talabalari – 15%;

 -  Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo'lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;

- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo'riqnoma asosida)  – 15%;

- "Afrosiyob" tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo'lovchilarga - 10%.

IZOH: Imtiyozli bo'lgan chiptalarni faqat temiryo'l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Bayramingiz muborak bo'lsin!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI