Toshkent davlat transport universitetida Prezident nutqiga bag‘ishlangan onlayn vidomuloqot o‘tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan tashkil etilgan Toshkent davlat transport universitetida ilk o'quv darsi boshlandi. Shu munosabat bilan universitet faollar zalida bo'lib o'tgan seminarda Prezident Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqiga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.      

Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o'rinbosari, O'zbekiston qahramoni Zayniddin Nizamxodjaev, O'zbekiston Respublikasi  Transport  vazirining o'rinbosari Akmal Mirzaev, Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullaev hamda O'zbekiston Respublikasi xalq artisti Dilorom Karimovalar so'zga chiqib, universtitet professor o'qituvchilari hamda iqtidorli talabalarga davlatimiz rahbarining O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz  yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi va ta'lim sohasining galdagi vazifalari yuzasidan o'z fikrlarini bildirdilar.  

  

 Bugun mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasi rivojiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, ilm-ma'rifat sohasi vakillari har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotganligi, intellektual boylikning qadr topayotgani xalqimiz tarixi, mentaliteti, asriy qadriyatlari, orzu-umidlari bilan bevosita bog'liq.  Prezidentimizning “Dunyoda eng katta boylik – yoshlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir” degan fikri bejiz emas.  

Davlatimiz rahbarining dadil qarorlari va g'ayrati bilan mamlakatda oliy ta'limni yangilash, modernizatsiya qilishda jiddiy odimlar tashlandi. Ayniqsa, yurtimizda oliy ta'lim muassasalarining soni ortib borayotganligi xalqimizning ta'lim olishga bo'lgan ijobiy qadriyatiga bo'lgan munosabat sifatida baholanmoqda.  

Seminarda Transport vaziri, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy majlis senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi mas'ullari  universitet yoshlarining ijtimoiy faolligini oshrish, hayotda munosib o'rin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish xususida fikr almashdilar.     
                    
Universitetda ilk o'quv yilini boshlagan yoshlar o'rtasida ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning hamkorlikdagi yo'nalishlari belgilab olindi.


Universitet haqida: mamlakatimiz transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg'or xorijiy tajriba va xalqaro talablar asosida tubdan ta'komillashtirish, o'quv jarayoniga o'qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, tarmoq 
ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda «O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent temir yo'l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil` yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakul`teti negizida Toshkent davlat transport universitetini  O'zbekiston respublikasi Prezidentining  2020 yil 4 maydagi PQ-4703 sonli Qaroriga muvofik tashkil etilgan.


Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari: 

  • transport sohasi uchun oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha tayanch oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi; 
  • ilg'or xalqaro ta'lim standartlari hamda o'quv dasturlariga muvofiq 2020/2021 o'quv yilidan boshlab ta'limning kredit-modul` tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi;
  • O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga idoraviy jihatdan bo'ysunadi;
  • transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo'yicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; 
  • qo'shma ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Universitet professor-o'qituvchilarining malakasini oshirishni hamda bitiruvchilarni chet elda magistratura va doktorantura dasturlari bo'yicha tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, tizimdagi akademik litsey hamda sohaning professional ta'lim muassasalari ta'lim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash;
  • o'quv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bog'liqligini ta'minlash maqsadida transport sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash bo'yicha maqsadli hamkorlikni yo'lga qo'yish.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI