Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

16:34:59 (GMT +5), yakshanba, 28 fevral 2021

QMZ ishchi-xizmatchilarining murojaatiga javob

Joriy yilning 11 fevral kuni, ijtimoiy tarmoqlarda Quyuv-mexanika zavodi ishchilari tomonidan 2021 yilning 1 fevraldan maosh oshdi, ammo bizda oshmadi, degan e’tiroz bildirildi. Rahbarlarimizdan so‘rashsa, hali buyruq chiqmagan degan javob olindi. Nima, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi ishchilarning maoshi oshmaydimi, savol berildi. Murojaat muallifi kim ekanligi aniq bo‘lmaganini inobatga olib, rasmiy javob va tushuntirish berib o‘tmoqchimiz.

Shuni ma’lum qilamizki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2021 yilning 29 yanvarida ““O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlarining ish haqini oshirish to‘g‘risida”gi  №90-N sonli buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, shunga asosan “Quyuv-mexanika zavodi” shoʻba korxonasi tomonidan 2021 yilning 4 fevralida “Korxona xodimlarining ish haqini oshirish to‘g‘risida”gi №44-sonli bo‘yrug‘i qabul qilindi. Shunga asosan, fevral oyi uchun belgilangan va oshirilgan oylik maoshi o‘z vaqtida mart oyida beriladi. Ya’ni, “Quyuv-mexanika zavodi” SHK ishchi-xodimlarining mehnatiga ishbay va vaqtbay usulida haq to‘lanishini inobatga olgan holda, ishbay usulida ishlovchilarning tarif setkalarida belgilangan oylik maoshlari 10%ga hamda vaqtbay usulida ishlovchilarning oylik maoshlari 10%ga oshirildi. 

Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2020 yilning 30 oktyabrida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini harid qilish uchun moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida” №734-N sonli buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, unda jamiyat ishchilariga koronavirus infeksiyasi pandemiyasining salbiy ta’sirlarini yumshatishga qaratilgan moddiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda korxonamiz tomonidan 2020 yilning 17 noyabrida №205-sonli buyruq qabul qilinib, unda korxonamiz ishchi-xodimlariga 500.000 so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam puli ajratilib to‘landi. Qayd etish kerakki, mazkur buyruqning 2-bandida, ko‘rsatilgan asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yuridik shaxs maqomiga ega korxonalarga ushbu buyruq tavsiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlari inobatga olinishi ko‘rsatilgan.

“Quyuv-mexanika zavodi” SHK


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish