Karantin qoidalariga amal qilaylik

“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi bekatlarida karantin qoidalariga rioya etilishi yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Hozirgi kunda yurtimizda karantin qoidalari yumshatilgan bo‘lsada, biroq virus bizdan xanuzgacha chekingani yo‘q. Ammo karantin cheklovlari yumshatilgani sababli ayrim fuqarolar tomonidan aholi gavjum joylarda tibbiy niqobsiz haraktlanish davom etmoqda. Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent metropolitenida reyd tadbirlari o‘tkazildi. 

Metro bekatlarida yo‘lovchilarning to‘planishi bu xavf to‘lqinidan dalolatdir. Buni anglagan yo‘lovchilar karantin qoidalariga amal qilgan holda haraktlanishmoqda. Biroq ayrim yo‘lovchilar o‘z hayotiga e’tiborsizlik va loqaydlik bilan niqobsiz yoki niqoblarini jag‘ qismiga tushurgan holda harakatlanishmoqda. Profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad karantin qoidalariga rioya qilmagan yo‘lovchilarni jarimaga tortish emas, aksincha virusni yengishda hamjihatlikni ta’minlashdir. Shu bois huquq tartibot xodimlari  bu gal karantin talablarini buzgan fuqarolarni virus xavfidan ogohlantirib, o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lishga chaqirishdi. Niqoblarni tez-tez almashtirishlarini tushuntirib, tibbiy niqoblar tarqatishdi.

Axborot-tahliliy mediia markazi