Metropoyezd eshigida aniqlangan nosozlik

Bugun soat 08:37da "Xalqlar do‘stligi" bekatida 13-yo‘nalishdagi harakat tarkibining 2-vagonidagi 4-eshiklari texnik nosozlik tufayli yopilmay qolgan. Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar ushbu poyezddan tushurilgan. Ortdan kelayotgan 5-yo‘nalishdagi harakat tarkibi bir daqiqada yetib kelib yo‘lovchilarni olib ketgan.

Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz.

"Toshkent metropoliteni" UK