Temiryo‘lchi kitobxonlar bellashdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va uning joylardagi korxona va tashkilotlari rahbarlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, shu orqali ularning bilim va malakasini yanada oshirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Toshkent temir yo‘l texnikumida “Zukko kitobxon-2021” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Besh muhim tashabbus doirasida bo‘lib o‘tgan tanlovda 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Temir yo‘l tarmog‘i tasarrufidagi korxona va tashkilotlardan 10 nafar g‘olib Respublika final bosqichida ishtirok etishdi.

Unga ko‘ra 1-o‘rinni — “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasi texnik nazorat bo‘limi nazoratchi ustasi  A’zamjon Umaraliyev, 2-o‘rinni “Yo‘lreftrans” aksiyadorlik jamiyati ish yurituvchi inspektori  Shaxnozaxon Isamitdinova, 3-o‘rinni “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi Uchquduq temir yo‘l masofasi hisobchisi Bobur Xasanov qo‘lga kiritdi.

Ko‘rik-tanlovda 1-o‘rin sohibiga noutbuk, 2 va 3-o‘rin egalariga planshet topshirildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI