Tadbirkorlar uchun qulaylik - “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasida yangi elektron Vagon Tarozi qurilib ishga tushirildi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yuk tashish sohasidagi faoliyati yildan-yilga takomillashmoqda hamda kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Shu jumladan, “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi Serniy zavod stansiyasining 17-yo‘lida “Asia Buxara Energy” MCHJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik asosida o‘lchash quvvati 200 tonna bo‘lgan elektron Vagon Tarozi qurilib ishga tushirildi.

Bunday tarozilar to‘rt, olti va sakkiz o‘qli temir yo‘l vagonlari, platformalar va sisternalarni tortish uchun mo‘ljallangan. Tarozilar xalq xo‘jaligining turli sohalarida, shu jumladan sanoat korxonalarida, transportda, savdo-sotiqda, qurilishda, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. Tarozining maksimal yuki ko‘tarish quvvati 50dan 200 tonnagacha.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda yangi texnologiyalar va bozor munosabatlarining zamonaviy dunyosida aniq tortish - hech bir tadbirkor qilolmaydigan ish. Vagonlarni tortish uchun tarozilar bugungi kunda ko‘pchilik yirik korxonalarning logistika infratuzilmasining ajralmas qismiga aylandi.


Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI