Temir yo‘l tizimida koronavirusga qarshi emlash jarayonlari

Bugungi kunda qariyb 90 ming nafarga yaqin ishchi-xodimlarga ega “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ham temiryo‘lchilarni ushbu kasallikdan saqlash maqsadida emlash jarayoni samarali davom etmoqda. Buning uchun yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari ham jalb qilingan. Vaksinalar ham yetarli darajada ta’minlanmoqda.

Dastlab joriy yilning 1 aprelidan boshlab“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlarini emlash jarayoni boshlangan bo‘lib, unga ko‘ra dastlab Sog‘liqni saqlash xizmati va unga qarashli davolash-profilaktika muassasalarda ishlovchi tibbiyot xodimlari «AstraZenesa» vaksinasi bilan emlandi.

Keyinalik “O‘zbekistorn temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlarini emlash uchun yurtimizga olib kelingan «ZF-UZ-Vas-2001» o‘zbek-xitoy vaksinasi, “Sputnik v” (Rossiya vaksinasi) va Moderna (AQSH) vaksinalaridan xam foydalanib, emlash ishlari vaksinaning turiga qarab, bir necha bosqichda olib borilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan Jamiyatning barcha korxona va tashkilotlari rahbarlariga joriy yilning 1 sentyabriga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning 1 dozasi, 1 oktyabrga qadar 2 –dozasi, 1 noyabriga qadar esa 3-dozasi bilan ommaviy emlash ishlari olib borilishi bo‘yicha topshiriq berildi.

2021 yil 24 iyundan boshlab temiryo‘lchilarni emlash uchun vaksinalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Markaziy sanitariya epidemiologiya stansiyasi tomonidan Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatidan olib kelinib, Jamiyatga qarashli korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlarini emlash ishlari Sog‘liqni saqlash xizmati davolash profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Buning uchun Har bir davolash-profilaktika muassasalarda emlash ishlarini o‘tkazish uchun Toshkent shahridagi Markaziy poliklinika va “Salomatlik” poliklinikalaridan o‘rta ma’lumotli xamshiralardan 20 nafarini, viloyatlarda joylashgan temir yo‘l poliklinikalaridan 20 nafar, jami 40 nafar xamshiralar emlash bo‘yicha shahar va viloyat SESlarida o‘qitildi. Turar joyidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil qilingan maxsus emlash punktlarida amaliy bilimlarini oshirdilar va ularga vaksinator sertifikati berildi.

Emlash bo‘yicha Jamiyatga qarashli barcha korxonalarda emlanishi lozim bo‘lgan ishchi-xodimlar ro‘yxati shakllantirildi va emlash uchun har bir korxona va tashkilotlar bilan kelishilgan holda “Emlash jadvali” tuzildi. Barcha DPM poliklinikalarida korxonalarga chiqib emlash muolajalarini o‘tkazish bo‘yicha mobil emlash brigadalar tashkil qilindi. Temir yo‘l bo‘yicha tuzilgan 14 ta liniyada va Toshkent shahridagi6 ta emlash bo‘yicha mobil brigadalar tarkibiga: shifokor terapevt, 2 ta vaksinator, registratorlar kiritildi. Ular tomonidan qilingan ishlarning kunlik hisobotlari monitoringi olib borildi va raxbariyatga taqdim qilib borildi. Emlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining elektron bazasiga kiritib borilmoqda.

Sog‘liqni saqlash xizmati davolash profilaktika muassasalari tomonidan olib borilgan emlash ishlari bilan Jamiyatga qarashli bo‘lgan korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan jami 87 104 nafar ishchi-xodimlardan 2021 yil 11 oktyabr kuni holatga ko‘ra 80435 nafar xodim koronavirus infeksiyasiga qarshi belgilangan 1-doza vaksinalari bilan 100 foiz emlangan. 72954 nafar xodim 2-doza bilan emlandi. Emlanmagan 6542 nafar xodimda sog‘lig‘i bo‘yicha emlash uchun tibbiy cheklovlar aniqlangan. Shulardan 3543 nafariga ma’lum bir muddatga vaqtincha tibbiy cheklovlar berilgan. Oktyabr oyidan boshlab barcha korxonalar ishchilari vaksinaning 3-dozasi bilan emlash jarayoni boshlangan. 2021 yil 11 sentyabr kuni holatiga ko‘ra jami emlanishi lozim bo‘lganlar soni vaqtincha tibbiy cheklovlar olgan xodimlarning sog‘lig‘i yaxshilanganligi sababli 118 nafarga oshdi. Jami 87462 ta xodimdan  550 nafar tibbiy cheklov olgan xodimlarning sog‘lig‘i maxsus komissiya tomonidan qayta ko‘rib chiqilib, doimiy tibbiy cheklovdan vaqtincha aniq belgilangan muddatli tibbiy cheklovga o‘tkazildi.

Hozirgi kunga kelib 3-doza bilan emlanganlar soni 28 471 nafarni tashkil qilmoqda. Temir yo‘l tizimida emlash jarayonlari davom etmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi