O‘zbekiston temir yo‘llarida shartnomaviy (erkin) narxlarning tarif qiymatlari kamaytirildi

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 dekabrdagi 54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2011 yil 25 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan O‘zbekiston temir yo‘llari o‘rtasida ““O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda bajariladigan ishlar va xizmatlarning shartnomaviy (erkin) narxlari ro‘yxati” kelishilgan holda tasdiqlangan. 

Ko‘rsatiladigan ishlar va xizmatlarning qiymati, temir yo‘l stansiyalarida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning oylik maoshlari, harakat tarkiblari va texnika-uskunalarning ekspluatatsion xarajatlari, elektr energiya neft mahsulotlari tannarxlari va boshqa xarajatlar, shuningdek aniq ish va xizmatlarga to‘g‘ri keladigan sof foyda va rentabellik darajasini hisobga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risidagi farmonlar ijrosini taʼminlash hamda O‘zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, tadbirkorlardan va yakka tartibdagi ishbilarmonlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, temir yo‘l xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va qulayliklar yaratish maqsadida, Jamiyat boshqaruvi raisining 2021 yil 30 noyabrdagi “Shartnomaviy (erkin) narxlarning umumlashtirilgan yagona tarif qiymatining tasdiqlash bo‘yicha 100-UN sonli farmoyishi 2021 yil 1-dekabrdan ijro va ishda qo‘llash uchun qabul qilindi.

Farmoyishga asosan:

- temir yo‘l korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar turlari bo‘yicha shartnomaviy (erkin) narxlarning umumlashtirilgan  yagona tarif qiymati ro‘yxatiga asosan ikkita bandlari bekor qilindi;

- temir yo‘l korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar turlari bo‘yicha shartnomaviy (erkin) narxlarning umumlashtirilgan  yagona tarif qiymati ro‘yxatiga asosan 8 ta bandlarida ko‘zda tutilgan xizmat turlari bepul amalga oshirish belgilab qo‘yildi;

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda bajariladigan ishlar va xizmatlarning avvalgi qabul qilingan shartnomaviy (erkin) to‘lovlarning 37ta bandiga 50%gacha bo‘lgan chegirmalar qo‘llash belgilandi.

Yangi Farmoyishga asosan, yuk ortish bilan bog‘liq xizmatlar uchun har bir vagon uchun ko‘rsatiladigan xizmat turlariga qarab o‘rtacha 900 - 1.200  ming so‘mni tashkil etmoqda (avvalgi tasdiqlangan narxlar bo‘yicha 1.300 - 1.600  ming so‘mni tashkil etgan) va o‘rtacha 25-35% ga arzonlashgan. Yuk tushirish bilan bog‘liq xizmatlar uchun har bir vagon uchun ko‘rsatiladigan xizmat turlariga qarab o‘rtacha 550 - 600 ming so‘mni tashkil etmoqda (avvalgi tasdiqlangan narxlar bo‘yicha 850 - 950 ming sum) va narxlar o‘rtacha 30-35% ga arzonlashgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida doimiy ravishda qulayliklar yaratishda davom etadi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI