“Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasida memorandum imzolandi

Bugun, 2024-yil 1-mart kuni, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning  “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi hamda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasidagi o‘zaro va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu tadbirda  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi boshlig‘i Mamasidikov Muxsinjon Musajonovich va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Ermatov Zoxid Shavkatovich hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Hamkorlik – ishtirokchilarning uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, ishtirokchilarning tibbiy sug‘urta tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.     

Ishtirokchilar ushbu Memorandum doirasida quyidagi vazifalarni hal etish yuzasidan birgalikda harakat qilish uchun o‘zaro quyidagi kelishuvga erishishdi:

- tibbiy sug‘urta sohasida qo‘shma tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi hamkorlik;
- tibbiy sug‘urta qoidalari va normalariga oid maʼlumotlarni taqdim etish va almashish;
- tibbiy sug‘urta doirasida tibbiy yordam sifatini nazorat qilish usullarini, imtiyozli dori-darmonlar bilan taʼminlashni, moliyaviy mexanizmlarni, axborot texnologiyalarini va ishtirokchilarning boshqa faoliyat yo‘nalishlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish;
- o‘quv dasturlari, konferensiyalar, forumlar va seminarlar tashkil etish va birgalikda ishtirok etish;
- xizmat ko‘rsatilayotgan kontingentning majburiy tibbiy sug‘urta bilan universal qamrab olinishini taʼminlash va tibbiy xizmatlar olishda bemorlarning huquqlarini himoya qilish uchun ishtirokchilarning jamoat tashkilotlari va ekspert jamoalari bilan hamkorlik qilish;
- vakolatli muassasalar va tashkilotlar orqali xodimlarni o‘qitish sohasidagi hamkorlik (zarurat bo‘yicha va qo‘shimcha hujjat bilan);
- ishtirokchilar tomonidan birgalikda belgilanadigan o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha hamkorlik.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI