Temiryo‘lchilar 8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni bayramini munosib nishonlashmoqda

Xususan, joriy yilning 6 mart kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida Boshqaruv kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda boshqarmaga aʼzo faol hamda o‘z kasbida ilg‘or opa-singillarimiz munosib taqdirlandi.

Bayram tadbirida “Temiryo‘linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Sirojiddin Norqabilov, O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Mahmud Rozimetov, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shaxlo Umarova, Yoshlar yetakchilar kengashi raisi Rasul Eshonqulov hamda 100 nafardan ortiq sohamizning ilg‘or hamda o‘z kasibining fidoyilari bo‘lgan opa-singillarimizdan iborat ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan ishtirokchilarni samimiy tabriklab, ularga oilaviy baxt, kasblarida katta muvaffaqiyat hamda sog‘liq-salomatlik tilashdi. Temir yo‘llarimiz rivoji yo‘lida qo‘shayotgan munosib hissalariga minnatdorchilik bildirishdi.

Shundan so‘ng Boshqaruv kasaba uyushma qo‘mitasiga aʼzo bo‘lgan 110 nafar sohamizning eng ilg‘or temiryo‘lchi xotin-qizlariga Jamiyat rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda taqdim etildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI