Aksiyada faol qatnashing!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 5-bandiga muvofiq, 2024-yil 25-mart kuni respublikamizda “Yer soati” o‘tkazilishi belgilangan edi.

Mazkur kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 30-yanvar kuni tasdiqlangan joriy yilda o‘tkaziladigan madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlari, ommaviy-madaniy va konsert tomosha hamda sanʼat va kinematografiya tadbirlarining 23/1-1674-son yagona taqvimining 27-bandiga muvofiq “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasini o‘tkazish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining ichki buyrug‘i asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.

Aksiya joriy yilning 28-mart kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati va tizimning hududlardagi korxona va tashkilotlaridagi bino va inshootlarida bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzgan holda, rahbar va xodimlar ixtiyoriy ravishda bir soat muddatga ko‘chaga chiqib, sayr qilish maqsadida o‘tkaziladi.

Shu kuni Yer sayyorasiga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining barcha korxona va tashkilotlari ishchi-xodimlarini ushbu aksiyada faol qatnashishga chorlab qolamiz!


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI