“TEMIRYO‘LEKSPRESS” AJda MA’NAVIYAT soati o‘tkazildi

Kuni kecha “Temiryо‘lekspress” AJ rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qо‘mitasi tashabbusi bilan an’anaviy ma’naviyat soati о‘tkazildi.

Tadbirda “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ boshqaruv raisi maslahatchisi Xulkar Xatambayeva, yuridik fanlari doktori professor Feruza Muhitdinova, Kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi Nodira Ramazanova, Ma’naviyat va ma’rifat ishlar bо‘yicha mas’ul Nilufar Mirxamidova hamda “Afrosiyob” vagon kuzatuvchilari ishtirok etdi.

Sо‘zga chiqqanlar bugungi kunda temir yо‘l transporti xizmatidan foydalanadigan aholi, mamlakatimiz mehmonlari va sayyohlarga xizmat kо‘rsatishda vagon kuzatuvchilaridan talab etiladigan jihatlar xususida gapirdilar.

Xususan, vagon kuzatuvchilari yо‘lovchilarga yuksak did va madaniyat bilan xizmat kо‘rsatishi, xushmuomala, ozoda, sarishta bо‘lishi bilan birga, avvalo, davlat tilida chiroyli va ravon gapira olishi zarurligi aytib о‘tildi.

Shuningdek, har bir vagon kuzatuvchisi vatanparvar bо‘lishi, о‘lkashunoslik bо‘yicha bilimlarini boyitib borishi, eng avvalo, yurtimizning tarixiy shaharlari xususida yetarli bilimga ega bо‘lishi ham muhimligi uqtirildi.

Tadbir qatnashchilariga bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilining mavqeini oshirish borasida qilinayotgan ishlar, shuningdek, kо‘hna va navqiron Buxoro va Samaraqand shahri tarixi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar sо‘zlab berildi.

Suhbat sо‘nggida vagon kuzatuvchilari о‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollariga javob oldilar.

“Temiryо‘lekspress” AJ matbuot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI