Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

11:44:32 (GMT +5), payshanba, 30 mart 2017

Ishonch mas’uliyat yuklaydi, mas’uliyat mehnatga undaydi

   

        O’zbekiston Qahramoni Erkin Ummatovning ota kasbini egallagani, muddatidan oldin bajarilgan loyihalar, tashlab yuborilmagan bir varaq qog’oz, temir yo’l o’zgartirgan taqdirlar xususida...

    2002 yil markaziy gazetalarda muxbir bo'lib ishlab yurgan davrimda, adabiyotchi olim Ozod Sharafiddinovga O’zbekiston Qahramoni unvoni berilgan edi. Shunda gazetamiz bosh muharririga: «Ustoz bilan suhbat qilib kelmoqchiman», deb ruxsat so’rasam, menga savol nazari bilan qarab, ikkilanib javob bergandi. Bordim, suhbatlashdim. Ammo maqolani yozishga anchagina qiynaldim. Ko’p yillik tajribaga ega muharririm: “Bunday buyuk insonlar bilan suhbatlashish, ayniqsa, ular to’g’risida maqola yozish oson emas. Hatto men Ozod aka haqida yozishga jazm etolmasdim”, degan edi. O’zimizdan tashqari boshqa gazetalarda ham chop etilib, televideniedagi ko’rsatuvlarning birida tilga olingan o’sha maqolamni katta mas’uliyat va bor mahoratimni ishga solib yozganim esimda.

          Bu safar O’zbekistonimizning yana bir qahramoni — Erkin Ummatov haqida yozish menga oson bo’ladi, deb o’yladim. Chunki u kishini ko’p yillardan beri bilaman, hamkasbimiz... Ammo suhbatlashish asnosida bildimki, yuksak unvonlar shunchaki insonlarga berilmas ekan. El nazari tushgan insonlar ruhan baland bo’lisharkan, katta mehnat yo’li, hayot tajribasi ularni yanada ulug’, salobatli, chuqur mulohaza va keng dunyoqarashli qilib qo’yar ekan. Ularning suhbatini olish unutilmas voqea bo’lib qolishi shubhasizdir...

TEMIRYO’LCHILIK MENGA OTA KASB...

       Ko’pchilik “Agar hayotga qayta kelsam, mana bu xatoimni tuzatardim, boshqa kasbni egallardim, ishimni o’zgartirardim”, deydi. Men esa, hayotimni qayta boshlasam, boshqa ishlarimni o’zgartirsam ham, kasbimni o’zgartirmasdim — temiryo’lchi bo’lardim. Bu havoiy gaplar emas. Temiryo’lchilik qonimga singib ketgan. Bu kasbga mehr qo’yishimga sabab 46 yil temir yo’lda ishlagan otam, 20 yil otamning qo’lida yo’lsoz bo’lib ishlagan onamdir. Uyimiz temir yo’l stansiyasiga yaqin — 13-raz’ezd degan joyda bo’lgani uchun, kechasi poezdning ovozi kelmasa uyqum kelmasdi. Maktabda o’qib yurgan choqimda, 8-sinfdaligimdayoq “putees” edim, otam yarim tunda biror nuqsonni tuzatish yoki yumushni bajarib kelish uchun doim meni o’zlariga hamroh qilib olib ketardilar. Tuni bilan ishlab, ertalab qo’limning qorasi bilan maktabga borgan kunlarim bo’lgan. Oilada 5 nafar o’qil, uch nafar qiz farzand tarbiyalagan otaonamiz bizga o’z kasbini sevishni, mahmao qilishni o’rgatishgan. Uyimizda hach qachon ortiqcha gap so’zlar bo’lmas, dasturxon boshida ham faqat temir yo’l, har kungi qilingan va qilinajak ishlar xususida suhbat bo’lardi. Besh o’qlonning barchasi ota-onamizning ortidan bordik, temiryo’lchilik kasbini egalladik — kam bo’lmadik! O’qlim ham shu kasb etagidan tutdi...

      Erkin Ummatov 35 yillik mahnat faoliyati davomida deyarli barcha temir yo’l bunyodkorliklarida ishtirok etgan, katta tajriba to’plab, etuk kasb egasi maqomiga erishgan.

   Uning eng samarali mahmao davri istiqlol yillarida amalga oshirilgan buyuk ishlar, istiqbolli emeehaeadmema bajarilishi pallasiga to’qri keladi: Navoiy — Uchquduq — Sulton Uvaystoq — Nukus, Toshguzar — Boysun — Qumqo’rQon, Hayraton — Mozori SHarif temir yo’l qurilishining dastlabki kunlaridan boshlab, foydalanishga topshirilgunga qadar qatnashgan. Toshkent — Samarqand sharoiti yo’qligi uchun odamlar ketib qolganligi haqida Achilbay Ramatovga aytgan edim, u kishi bu masalaga jiddiy e’tibor berib, qisqa muddatda u erga telefon-radio aloqasi o’rnatib, maktab, turar joy inshootlari va bir necha maishiy binolar qurdirib berdilar. Ikkitagina o’tov bor joydan temir yo’l o’tgani, obod qilinganidan xabar topgan ahmee yana o’sha joyga qaytib bordi. YAngi hayot boshlandi.

TOSHGUZAR — BOYSUN — QUMQRG’ON — KATTA TAJRIBA MAKTABI

     “Asr qurilishi”da chin ma’noda asrlarga teng ishlar amalga oshirildi. Bu qurilish barcha temiryo’lchilarni chiniqtirdi. Mehnat og’ir, mashaqqat katta, loyiha muhim ahamiyatga ega edi. Bir necha kunlab uxlamagan, mijja qoqmagan kunlarimiz bo’lgan. Temiryo’lchilar eploladimi tog’ bilan bellashishni, deb xalq qarab turgandek edi, go’yo. Nafaqat xalqimiz, xorijiy davlatlarning ham diqqat markazida ekanmiz. Bir kuni chet ellik ekspertlar kelib, ishimizni rosa o’rganishdi, kuzatishdi. Keyin Xa, yaxshi, katta ish qilinayapti ekan. Endi bizni mana shu temir yo’lni qurayotgan quruvchilar bilan uchrashtiringlar”, deyishdi. Biz, quruvchilar o’zimiz, temiryo’lchilar qurayapti bu yo’lni”, - desak, ularning ishonishi qiyin bo’ldi. Ishonishgach, hayron qolishdi, tan berishdi. Bu qurilish sohamizdagi eng katta tajriba maktabi bo’lgan.

HAYRATON — MOZORI SHARIF — KELAJAKKA ISHONCH

        Afg’onistonda men bir narsaga e’tibor berdim. Eri ko’p, yastanib yotgan dalada birov ishlamaydi, erdan foydalanmaydi. “Nima uchun ekin ekmaysizlar, axir u sizlarni boqadiku?”, deb so’rasam, “Mehnat qilib ekin eksagu urush va jangu jadal boshlanib qolsa, mehnatimizga kuyamiz, ekinlarimiz bekorga uvol bo’ladi”, deb javob bergandi. Kelajagiga ishonmay qolgan ekan ular. Oradan vaqt o’tib, biz temir yo’l qura boshladik, mahalliy xalq esa, hali biz qurilishni tugatib ulgurmasimizdan, dalasiga ekin eka boshladi. Oddiy xalqda “temir yo’l keldi, endi urush bo’lmasa kerak”, degan tushuncha, eng muhimi, kelajakka ishonch paydo bo’lgan edi. Ularning dunyoqarashi o’zgardi.

HAYOTIMNI O’ZGARTIRGAN ANGREN — POP

       2014 yil yanvar  oyining boshida tinibtinchimas rahbar, fidoyi inson Achilbay Ramatov meni Angren — Pop elektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi boshlig’i etib tayinladi-da, bir varaq oq qog’ozni olib, zimmamga yuklatiladigan eng mohim topshiriqlarni yoza boshladi: “Birinchi e’tibor qaratiladigan vazifa bu — mehnat muhofazasi! Ikkinchisi — ish sifati!... “Keyin boshqa vazifalarni yozib, qurilajak inshootlarning taxminiy chizmasini chizib ko’rsatdi. Men uchun ana shu bir varaq qog’oz qurilishning boshidan to oxiriga qadar dasturulamal bo’ldi, har doim yon cho’ntagimda turdi. Oldimizda turgan vazifa naqadar mushkul bo’lmasin, menga bildirilgan bu ishonchni oqlash, rahbarimizning jon kuydirib ishlashi, shijoati menga madad bo’lib turdi.

   Temir yo’l sohasidagi barcha qurilishlarni muddatidan oldin foydalanishga topshirib kelayapmiz. Mutaxassislar ishlarimizga yuksak baho berishmoqda. Men loyihalarning muvaffaqiyatli bajaralishidagi eng muhim omil deb, Achilbay Jumaniyazovichning mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga yuksak darajada sharoitlarni yaratib berishida deb bilaman. YAshash joyidagi qulayliklar deysizmi, oziq-ovqat, kiyim-kechak, ish haqi, madaniy dam olishi, rag’batlantirishni mukammal darajada tashkillashtirib berishga erishadi. Bu ish sur’atining oshirishi, ishchilarning ko’tarinki kayfiyat va mas’uliyat bilan ishlashi uchun juda muhimdir.

      “Mana shu qurilish tufayli yuksak mukofotga ega bo’lishingizni bilganmidingiz. Qahramon bo’lganingizni birinchi kimdan eshitdingiz?”, — deb so’rayman qiziqishimni yashirolmay. “O’zbekiston Qahramoni” bo’lish men uchun kutilmagan, etti uxlab tushimga kirmagan mo’’jiza bo’ldi! O’sha kuni Chodakda edim. Qurilishning eng oxirgi mayda texnik tayyorgarliklarini ko’zdan kechirib yurgandim, kadrlar boshqarmasi boshlig’i Muhsin Mamasidiqov qo’ng’iroq qilib, “Erkin aka, “Axborot” ko’rsatuvini ko’rib turasizmi?”, deb so’radi. “Ha, albatta, doim ko’raman”, dedim. “Bugungi soniniyam bir ko’ring”, dedi. Kechki tamaddi payti oshxonaga o’rnatilgan televizor orqali ushbu xabarni eshitib, ko’zlarimga, quloqlarimga ishonmadim. Birinchi bo’lib ko’z oldimga temir yo’lni hayoti deb bilgan rahmatli otam keldi. Bo’g’zimga quvonch aralash yig’i tiqildi. “Mehnatlaring rohat bo’lsin”, deb qilgan duolaringiz ijobat bo’ldi, otajon”, dedim o’zimga o’zim.

       Bu mukofot men bilan elkama-elka turib, shaxsiy halovatlarini unutib, odamlarning og’irini engil qilishga qaratilgan ezgu ishlarga kamarbasta bo’layotgan barcha temiryo’lchilarning mehnati samarasi deb bilaman. Hayotimda hamma narsaga qiyoslab bo’lmaydigan baxtni menga ravo ko’rgan, kamtarona mehnatimni qadrlagan, istiqbolli bunyodkorliklarga o’zi bosh-qosh bo’lib, muvaffaqiyatga erishganimizda bizga minnatdorlik bildirib, samimiy quvongan, temiryo’lchilarning har birini qahramon deb atagan inson — O’zbekistonimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk xotirasi hamisha qalbimda. Biz temiryo’lchilar marralar zabt etildi, g’alabalarga erishildi, demaymiz. Hali qiladigan ishlarimiz ko’p. Boshlangan ishlarni bir muddat bo’lsada susaytirishga, davom ettirmaslikka haqqimiz yo’q. Ha, hayot davom etmoqda. Ortga qarasak, qilingan ishlardan hayratlanamiz, oldinga qarasak, buyuk ishlar bizni chorlaydi. Yurtimizning Erkin akadek zabardast, shijoatli, fidoyi qahramonlar bor ekan, ezgu ishlar bardavom bo’lishiga, hayotimiz yanada gullab-yashnashiga biz ham ishonamiz.

Ocherk muallifi
Hulkar HOTAMBOEVA

  • nashr uchun ko’rinish