×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

08:29:03 (GMT +5), seshanba, 19 noyabr 2019

Urganch – Xiva yangi temir yo'l foydalanishga topshirishga bag'ishlangan tantanali marosimida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Boshqarma raisi Ramatov A.J.ning so'zlagan nutqi

Assalomu alaykum, hurmatli va aziz mehmonlar!

         

   Mana bugun biz sizlar bilan yana bir muhim tarixiy voqeaga guvoh bo'lib, bayramona kayfiyatda uchrashib turibmiz. Bugungi tarixiy bayram barchangizga muborak bo'lsin deymiz.

     Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so'nggi ikki yil davomida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida respublikamizning barcha xududlarida keng ko'lamli islohotlar, juda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Birgina temir yo'l sohasini oladigan bo'lsak, tarmoqda juda katta investitsion loyihalar amalga oshirilib, yangi temir yo'llar, zamonaviy vokzallar qurilib, yo'lovchilarning uzog'i yaqin qilib kelinmoqda. Bundan tashqari mahalliy va xorijlik sayyohlarga yanada qulaylik yaratish, ularga sifatli servis xizmatlarini ko'rsatish borasida ham qator ishlar qilindi. Prezidentimizning tashabbuslari bilan Buxorodan Miskingacha, umumiy uzunligi 355 km bo'lgan yangi temir yo'l barpo etildi. Bu poezdlarning harakat vaqtini qisqartirishga imkon yaratdi. Mana bugun Urganchdan Xivagacha bo'lgan masofada 33 km uzunlikda yangi temir qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Bundan tashqari zamonaviy Xiva vokzali ham qad rostladi. Endi Toshkentdan Xivagacha bemalol poezdda kelish mumkin. Yaqin yillar ichida Buxorodan Xivagacha bo'lgan yangi temir yo'lni elektrlashtirib, ushbu yo'nalishda zamonaviy poezdlar qatnovini ham yo'lga qo'yishni rejalashtirganmiz. Bu albatta xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

      Muhtaram prezidentimiz har doim "Halq bizdan rozi bo'lib yashashi kerak!", degan iborani ta'kidlaydilar. Albatta, bu so'zlar bejizga aytilmayapti, ertaga xorijlik sayyohlarning yurtimizga kelishi ortib boraversa, ana shunday tarixiy va muqaddas qadamjolar obod bo'lib, u yerlarda xalqqa xizmat ko'rsatish yanada yuqori daraja ko'tarilsa, o'z-o'zidan mamlakat iqtisodiyoti barqaror bo'lib, aholi turmush farovonligi oshishiga zamin yaratiladi.

      Ushbu vokzalning old tomonida milliy uslublarda, zamonaviy inshootlar qad rostladi. Ayni kunda bunyodkorlik ishlari yana davom etmoqda, yaqin kunlarda bu yerda zamonaviy mehmonxona, turli xil savdo majmualari, dam olish uchun zamonaviy park ishga tushiriladi. Umuman olganda poezd bilan vokzalga kelgan mehmon to'g'ridan to'g'ri, Ichan qal'adagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlarni tomosha qilish uchun piyoda yurib borishi mumkin.

    Mana bugun sizu biz ham yangi ochilgan temir yo'l va vokzalning birinchi yo'lovchilari sifatida ushbu maskanni ziyorat qilish sharafiga muyassar bo'lib turibmiz.

       Fursatdan foydalanib, men sizlarni avvalom bor hukumatimiz rahbariyati, qolaversa qariyib 90 ming kishilik temir yo'lchilar jamoasi nomidan chin qalbimdan tabriklayman. Xorazm diyoriga, ayniqsa ko'hna Xiva shahriga xush kelibsizlar deyman.

 

06.12.2018 yil,

Xiva shahri

 

Yuklash uchun hujjatlar

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish