Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

02:14:53 (GMT +5), chorshanba, 25 noyabr 2020

"O'ztemiryo`lyo`lovchi" AJ tanlov e'lon qilmoqda

     "O'ztemiryo`lyo`lovchi" AJ, 2020 yil yakuni bo'yicha, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS), hamda Milliy buxgalteriya hisobot standartlariga (MBHS) muvofiq tayyorlangan, xalqaro audit standartlari (XBS) va auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) hisoboti uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlash to'g'risida tanlov e'lon qilmoqda. Auditorlik tekshiruvi bosh bo'lim va 16 ta xududiy bo'linmalarda o'tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilariga talablar:

·            O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan audit faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasi;

·            Ustav kapitalida davlat ishtiroki 50% dan ortiq bo'lgan tashkilotlarning tashqi auditni o'tkazish huquqiga ega auditorlik tashkilotlari ro'yxatida;

·            O'zbekiston Respublikasining "Auditorlik faoliyati" va "Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun"ga muvofiq audit xizmatlarni olib borishi lozim. 

Ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar ro'yxati:

·            Tanlovda ishtirok etish uchun ariza rasmiy ravishda xat yuborish orqali yoki faks, pochta, elektron pochta orqali, ismi, manzili va bank rekvizitlari ko'rsatilgan;

·            Auditorlik tashkiloti haqida qisqacha ma'lumot.

·            Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning nusxasi.

·            Auditor(lar)ning malaka sertifikatlari nusxasi va mutaxassislarning xalqaro buxgalter, qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassisi, soliq maslahatchisi va boshqalarning malakalariga ega ekanliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar nusxalari. 

·            Xalqaro auditorlik standartlariga muvofiq auditorlik tekshiruvlarini o'tkazishda amaliy tajriba mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.

·            Sug'urta polisining nusxasi.

·            Kompaniyaning moliyaviy hisoboti auditi xarajatlari, bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblar tartibi, auditorlik tekshiruvining taxminiy jadvali bo'yicha tijorat taklifi.

·            O'tgan yil yakunlari bo'yicha respublika auditorlik tashkilotlari faoliyatini reyting baholashda ishtirok etganligini tasdiqlovchi ma'lumotlar.

·            Tashkilotning davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnomasi nusxasi, tanlov ishtirokchisining muhri bilan tasdiqlangan.

·            Quyidagilarni tasdiqlovchi kafolat xati: - ishtirokchi qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida emas, buyurtmachi bilan sud jarayoni yoki hakamlik holatida, shuningdek ilgari tuzilgan shartnomalar bo'yicha noto'g'ri bajarilgan majburiyatlarning yo'qligi;

·            Ishtirokchining moliyaviy holati to'g'risida ma'lumot (tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi bilan).

   Takliflarni yuborish manzili:

·            O'zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent, Mirobod tumani, Turkiston 7;

·            Manzil e-mail : uzjeldorpass@mail.ru

·            Telefon: +9989 93 - 555 - 04 - 50

    Tijorat takliflari muhrlangan va ishtirokchining vakolatli vakili tomonidan tasdiqlangan konvertda topshirilishi kerak. 

     Konvertlar 10 dekabr 2020 yil 17:00ga qadar qabul qilinadi, keyin yuborilgan tijorat takliflari qabul qilinmaydi.

  • nashr uchun ko‘rinish