Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

10:18:25 (GMT +5), dushanba, 18 dekabr 2017

bo’sh ish o’rinlar e’loni

  • Tanlov xaqida e'lon

    “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati 22 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarni Toshkent janubiy vokzali kassalarida сhipta sotuvchi lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi! Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘zbek, rus tillarini bilishi va kompyuter texnikasini tushinishi talab etiladi.
    Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan qizlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi so‘raladi:
    1. Pasport nusxa
    2. Diplom nusxa
    3. 3x4 fotosurat (4 dona)
    4. Shaxsi haqida ma’lumotnoma (obektivka)
    Hujjatlar joriy yilning 15 noyabr kunidan 15 dekabr sanasigacha qabul qilinadi.

    Manzil: Toshket shahar, Yakkasaroy tuman, Usmon Nosir ko‘chasi 2 uy.
    Mo‘ljal: Toshkent janubiy vokzali hodimlar bo‘limi.
    e-mail: l@railway.uz

    “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati

  • Yuqoritezlikda xarakatlanuvchi poezdlarda yo’l kuzatuvchisi lavozimiga ishga qabul kilinishi xaqida e’lon

          «O’ztemiryo’lyo’lovchi» Aksiyadorlik Jamiyati, o’zbek, rus va ingliz tillarini biladigan, o’rta maxsus ma'lumotli, tibbiy ko’rikdan o’tish uchun bo’yi, qaddi qomati va yoshi to’g’ri keladigan yigit va qizlar, yuqoritezlikda xarakatlanuvchi poezdlarda yo’l kuzatuvchisi lavozimiga ishga qabul qilinishini e’lon qiladi. 


    Adres: Turkiston ko’chasi, 7 uy, Toshkent Markaziy vokzali
    Tel. 299-76-57, 299-97-74, 299-70-97, 299-79-05.
    e-mail:uzjeldpass@mail.ru, www.uzrailpass.uz

    «O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ ma’muriyati

  • «O’zbekiston temir yo’llari» AJ tizimidagi tashkiliy tuzilmalar raxbarlari bo'sh ish urinlariga tanlov tugrisidagi E’LON
            O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Akiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy e’tish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4720-sonli Farmoniga hamda akiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish Komissiyasining 2015 yil 14 maydagi 02-02/1-187-sonli Bayonnomasiga asosan, akiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy talablarga mos keluvchi, chuqur bilimga e’ga, yangicha fikrlay oladigan, yuqori malakali rahbarlarni va chet davlatlarning yukori malakali menedjerlarini «O’zbekiston temir yo’llari» AJ tizimidagi quyidagi lavozimlarga tanlov o’tkaziladi:

    – “O’ztemiryo’lkonteyner» AJning boshqaruv raisi;
    Kvalifikaiya talablari: qatnashchilar oliy ma’lumotga e’ga bo’lishi lozim – bakalavr (magistratura diplomiga ).
    Tanlovda ishtirok e’tish uchun quyidagi hujjatlar taqdim e’tilishi kerak:
    – o’z qo’li bilan yozilgan ariza;
    – avtobiografiya (anik yozilishi kerak: ish faoliyati, oilaviy holati, yaqin qarindoshlari (turmush urtogi, ota, ona, aka-uka, opa-singil, farzandlari) to’g’risidagi ma’lumotlar: ismi familiyasi, tug’ilgan vaqti (oy, kun) joyi, ma’lumoti, qaerda ishlashi, lavozimi, agar jinoiy javobgarlikka tortilgan bo’lsa sababi ko’rsatilishi kerak;
    – pasport nusxasi;
    – diplom nusxasi;
    – mehnat daftarchasidan nusxasi;
    – kontakt ma’lumotlari;
    – 3,5 x 4,5 – 12 dona rasm.
    Tanlov 2015 yilning 23 noyabrda o’tkaziladi.
    Hujjatlar 2015 yil 23 oktyabrdan 22 noyabrgacha Tashkent shahar, T.SHevchenko ko’chasi, 7 uy manzilda yoki e’lektron tarzda http://railway.uz/uz/interaktivnye_uslugi/onlayn_priyemnaya/ e’lektron manzili orkali qabul qilinadi.
    Batafsil ma’lumotlarni Davlat raqobat qo’mitasining www.soejobs.gkk.uz, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ www.railway.uz veb saytlaridan yoki (+99871) 238-80-28 telefon raqamidan olishingiz mumkin.
    faks: (-99871) 233-69-24
    Tanlovda ishtirok e’tgan qatnashuvchilarga tanlov natijasi bo’yicha yozma ravishda javob yo’llanadi.

  • Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kafedralar bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning bo‘sh lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:
    1. “Falsafa va siyosatshunoslik” – dotsent;
    2. “Falsafa va siyosatshunoslik” – katta o‘qituvchi;
    3. “Falsafa va siyosatshunoslik” – assistant;
    4. “Tillar” – assistant; 5. “Temir yo‘llar qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi” – assistant;
    6. “Bino va sanoat inshootlari qurilishi” – professor;
    7. “Bino va sanoat inshootlari qurilishi” – dotsent;
    8. “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” – assistant;
    9. “Informatika va kompyuter grafikasi” – assistant;
    10. “Oliy matematika” – dotsent; 11. “Oliy matematika” – assistant;
    12. “Transport logistikasi va servis” – professor;
    13. “Transport logistikasi va servis” – kafedra mudiri;
    14. “Transport logistikasi va servis” – katta o‘qituvchi;
    15. “Transport logistikasi va servis” – assistant;
    16. “Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” – kafedra mudiri;
    17. “Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” – assistant;
    18. “Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika” – assistant;
    19. “Elektr aloqa va radio” – assistant;
    20. “Temir yo‘l transportida axborot tizimlari” – kafedra mudiri;
    21. “Temir yo‘l transportida axborot tizimlari” – professor;
    22. “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” – dotsent;
    23. “Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi” – kafedra mudiri;
    24. “Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi” – assistant;
    25. “Temir yo‘llar elektr ta’minoti” – dotsent;
    26. “Fizika” – katta o‘qituvchi.

       Kafedra mudiri lavozimi tanlovida tegishli ixtisoslik bo‘yicha fan doktori ilmiy darajali, professor ilmiy unvoniga ega, shuningdek kamida 5 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar mualliflari bo‘lgan fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin.     

         Professor lavozimi tanlovida tegishli ixtisoslik bo‘yicha fan doktori ilmiy darajali, professor ilmiy unvoniga ega, shuningdek kamida 5 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar mualliflari bo‘lgan fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin.      

          Dotsent lavozimiga ilmiy darajali, ilmiy unvonli, hamda kamida 5 yillik ilmiy-pedagogik stajga ega, kafedra fanlari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar mualliflari bo‘lgan oliy ma’lumotli shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Katta o‘qituvchi lavozimi tanlovida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishlari mumkin. 

        Assistent lavozimi tanlovida tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan (magistr, diplomli mutaxassis) shaxslar qatnashishlari mumkin.    

        Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar institut rektori nomiga ariza bilan kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, avtobiografiya, diplomlar va attestatlar, pasport nusxalari, ilmiy ishlar va ixtirolar ro‘yhati, malaka oshirganlik to‘g‘risida hujjatlar nusxalari, hisobot (oxirgi 5 yil), saylov byulletenlari (65 ta), hisob komissiyasi bayonnomasi (3 ta) topshiriladi.        

           Arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.  

           Manzil: Toshkent shahri, Odilxo‘jaev ko‘chasi 1, 310 xona.      

              Aloqa ma’lumotlari: 299-00-15; e-mail: matluba_hm@tasiit.uz        

    Eslatma: Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlovchi shaxslar o‘tgan muddat bo‘yicha kafedrada hisobot beradilar, chetdan tanlovda ishtirok etuvchilar sinov darslari o‘tkazadilar.

    Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti