
-
Boshqaruv raisi v.b.
Narzullayev Zufar Gʻiyasovich
- Qisqacha tarjimai hol
1970 yilda Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani tug'ilgan. Millati - o'zbek. Ma'lumoti - oliy.
1991 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tugatgan.
2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini tugatgan.
2009 yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tugatgan.
1996 yildan O'zbekiston temir yo'l sohasidagi tarkibiy bo‘linmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2009 – 2016-yillarda temiryo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va elektrlashtirilgan “Angren – Pop” temir yo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan.
2016 – 2017-yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
2017-yildan buyon “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
2014 yilda "Fidokorona mehnatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan.
2023-yil 13-iyuldan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorining 2023-yil 13-iyuldagi 13/15-1-sonli qarori bilan boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
- Lavozim majburiyatlari
- Jamiyat va uning ijro etuvchi apparati faoliyatining umumiy boshqarishni amalga oshiradi, jamiyatga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Nizomiga rioya qilishga mas’ul, boshqaruv raisi o’rinbosarlari ortasida vazifalarni yuklaydi, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ faoliyati masalalari yechimida ularning vakolatlarini aniqlaydi;
- Oliy Majlis, Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Kengash va boshqaruvning normativ hujjatlari bajarilishini nazoratini ta’minlaydi;
- jamiyatning faoliyati samarasini ta’minlaydi, ishning yakuniy natijalari va poezdlar harakati xavfsizligi oshirish chora-tadbirlarini o’tkazadi.
- kadrlar siyosatini amalga oshiradi;
- jamiyatning xo’jalik va moliyaviy faoliyatini hamda xo’jalik ishlarini rejalashtirish masalarini muvofiqlashtiradi;
- adolat tamoillarini, boshqaruv usullarining iqtisodiy va ma’muriy moslashuvi, jamiyat faoliyati masalalarini muhokama qilish va yechishda yakka rahbarlik, hamda kollegiallikni ta’minlaydi;
- Hamdo’stlik mamlakatlarining temir yo’l transporti Kengashi a’zosi.
- (+998 71) 237-96-45
- info@uzrailway.uz
-
Chorshanba 15.00-16.00
- Qisqacha tarjimai hol
-
Boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari v.b.
Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich
- Qisqacha tarjimai hol
2023-yil 13-iyuldan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorining 2023-yil 13-iyuldagi 13/15-1-sonli qarori bilan boshqaruv raisi birinchi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
- Lavozim majburiyatlari
- jamiyatning iqtisodiy, moliyaviy va investitsion faoliyatini boshqaradi;
- ishlab chiqarish samaradorligi va rentabelligini oshirishga qaratilgan sohalarning iqtisodiy faoliyatini tashkillashtirish va takomillashtirishni amalga oshiradi;
- mehnat samaradorligini va moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni kam harajat qilish bilan ko’proq natijalarga erishish orqali ish haqini oshirishni ta’minlaydi;
- jamiyat boshqaruvi tuzilmasini va tizimini takomillashtirish jarayonlarini, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi;
- o’rnatilgan tizimlar bo’yicha mukofotlash va boshqa shakllardagi ma'naviy va moddiy rag'batlantirish masalarini ko’rib chiqishni tashkillashtiradi;
- “O’zbekiston temir yo’llari” bolinmalarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbolli ko’rsatkichlarini shakllantirish bo’yicha muvofiqlashtiradi va boshqaradi
- Moddiy resurslarni iqtisodiy va ratsional foydalanish bo’yicha ishlarni boshqaradi.
- jamiyatning iqtisodiy, moliyaviy va investitsion faoliyatini boshqaradi;
- (+998 71) 238-85-04
- info@uzrailway.uz
-
Dushanba 17:00-18:00
- Qisqacha tarjimai hol
-
Rasm mavjud emasBosh menejer-bosh muhandis
Vakant
- Lavozim majburiyatlari
- progressiv ilmiy-texnik ishlanmalar joriy qilishni boshqaradi, texnik va texnologik masalarni kompleks yechimiga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtiradi, asosiy ishloab chiqarish fondlarini yangilash, takomillashtirish va samarali foydalanishni boshqaradi.
- lokomotiv, vagon, yo’l xo’jaliklari, signalizasiya va aloqa, eletr ta’minotni faoliyati va rivojlanishi masalalarini olib boradi, ilmiy-texnikaviy rijoshlanish yutuqlarini joriy qilish, texnik asboblarni saqlash, ta’mirlash va xizmat ko’rsatishning yangi g’oyalari , kerakli hajmda ehtiyot qismlar, meteriallar va yoqilg’i-energomanbaalar bilan ta’minlash asosida bu xo’jaliklarning faoliyati samarasi va ishonchini oshirishni ta’minlaydi,
- Lokomotiv, vagon va boshqa harakatdagi tarkibning eksluatatsiya salohiyatini oshirish va texnik ta’minot ishlarini boshqaradi;
- “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bo’linmalarining texnik uskunalari faoliyati, texnologik jarayonlarga rioya qilish, mehnat xavfsizligi qoidalari va normasi, sanoat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi, tabiat muhofazasi, sanitariya va boshqa organlar talablariga rioya qilish nazoratini amalga oshiradi;,
- “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ilmiy-texnik kengashining raisidir.
- (+998 71) 238-88-91
- info@uzrailway.uz
-
Seshanba 17:00 – 19:00
- Lavozim majburiyatlari
-
Boshqaruv raisi o’rinbosari v.b.
Kamalov Akmal Saydakbarovich
- Qisqacha tarjimai hol
1967 yil Sirdaryo viloyatida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy.
1991 yilda Toshkent temiryo’l muhandislari institutining injener-mexanik mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1991 yilda O'rta osiyo temir yo'l Toshkent teplovoz deposida elektr-ekipaj sexining brigadiri, avtomat sexining ustasi sifatida boshlagan.
1994 - 1996 y.y. - O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Yevropa ittifoqi komissiyasining texnik muvofiqlashtirish Byurosida ishlagan.
1996 - 2001 y.y. - TRASEKA loyihasi koordinatori.
2001 - 2005 y.y. - “O'zbekiston temir yo'llari” DATK Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi MDH davlatlari bilan ishlash bo'yicha boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshlig'i.
2004 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomladi va magistr darajasini oldi.
2005 yilda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi o'rinbosari.
2005 - 2011 y.y. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri o'rinbosari.
2011 - 2014 y.y. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirining birinchi o'rinbosari.
2014 - 2015 y.y. - O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor yelchisi.
2015 -2017 y.y. - “O'zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruv raisi.
2018 yil 4 yanvardan O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yo'llari" Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.2020 yil 31 yanvardan "O'zbekiston temir yo'llari" askiyadorlik jamiyati № НОК-83 sonli buyrug'i bilan “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruvi raisining o'rinbosari lavozimida v.b.
A.S. Kamalov, oilali, ikki nafar o’g’il va bir qizi bor. - Lavozim majburiyatlari
- jamiyatning ekspluatatsion ishlarini boshqaradi, lokomotiv brigadalar va tortish uskunalardan samaradorli foydalanish qismida tashish jarayonlarini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qiladi, tashish sifatini oshirish, harakatdagi tarkib va texnik uskunalardan samarali foydalanish, tashish jarayonlari texnologiyalarini takomollashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
- “O’zbekiston temir yo’llari ” AJ bo’ylab poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash va manyovr ishlarini ishlab chiqarish boyicha nazoratni amalga oshiradi;
- tashish vazifalarini bajarish, poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash masalalari va manyovr ishlarini ishlab chiqarish bo’yicha jamiyat bo’linmalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini tashkil qiladi;
- lokomotiv va vagonlarni ishlatishni takomillashtirish, hisobga olish va hisobotni takomillashtirish, hisoblash texnikasi uskunalarini ekspluatatsiya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishni ta’minlaydi;
- Poezdlar harakati jadvali va unga bo’gliq bo’lgan texnik va texnologik normativlarni ishlab chiqishni boshqaradi.
- (+998 71) 238-89-50
- info@uzrailway.uz
-
Juma 18:00 – 20:00
- Qisqacha tarjimai hol
-
Boshqaruv raisi o’rinbosari
Yusupov Jamolbek Zokir oʻgʻli
- Qisqacha tarjimai hol
2023-yil 6-yanvardan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorining 2022-yil 30-dekabrdagi 72-sonli qarori bilan boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
- Lavozim majburiyatlari
- mehnat jamoasini ijtimoiy takomillashtirish va jamiyatning kadrlar salohiyatini shakllantirish ishlarini tashkillashtiradi;
- jamiyat ishchilarining hayoti va turmush tarzini yahshilash, moddiy va ma’naviy talablarini qondirish masalalarini hal qiladi;
- jamiyat korxona va tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni, intizomni kuchaytirishda mehnat jamoalarining o’rnini oshirishni tashkil qiladi
- ijtimoiy soha masalalar yechimida ijtimoiy adolatga rioya qilishni nazoratini amalga oshiradi;
- sog’liqni saqlash, oliy va o’rta mahsus ta’lim, sog’lomlashtirish, dam olish va sport tizimini takomillashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
- Jamiyat korxonalarida uzluksiz ishlab-chiqarish iqtisodiy ta’limni, samarali kasbiy yo’nalish, mehnat an’analarini targ’ib qilish va temityo’lchi kasbining nufuzini oshirishni tashkil qiladi.
- (+998 71) 238-82-73
- info@uzrailway.uz
-
Juma 16:00 – 18:00
- Qisqacha tarjimai hol
-
Boshqaruv raisi o’rinbosari v.b.
Omonov Xayitbay Axmadalievich
- Qisqacha tarjimai hol
1979 yil Jizzax viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. Geologiya-mineralogiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
2001 yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universitetini bakalavr yo'nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2002 yilda O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi Zarafshon geologiya qidiruv ekspeditsiyasi geologi sifatida boshlagan.
2002-2018 yy. - O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo'mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
2011 yilda Sergo Ordjonikidze nomidagi Rossiya davlat geologiya qidiruv universiteti magistraturasini tamomlagan.
2018 yil 5 dekabrdan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 993-sonli qaroriga muvofiq “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruvi raisining sanoat ishlab chiqarishi masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimida ishlamoqda.
2020 yil 31 yanvardan "O'zbekiston temir yo'llari" askiyadorlik jamiyati № НОК-86 sonli buyrug'i bilan “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruvi raisining sanoat ishlab chiqarishi masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimida v.b.X.A.Omonov oilali, uch nafar farzandning otasi – ikki nafar o'g'il va bir qizi bor.
- Lavozim majburiyatlari
- Jamiyatning sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etadi, ularning texnik va texnologik rivojlantirish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil qiladi;
- Jamiyatning sanoat ishlab chiqarishi bo'yicha investitsiya dasturlarini shakllantirishni tashkil etadi;
- Yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini yaratish va sanoat korxonalarining mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilishga investitsiyalarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;
- Mahsulotni mahalliylashtirish bo'yicha davlat va tarmoq dasturlarini amalga oshirishni ta'minlaydi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni chuqurlashtirishti ta'minlaydi;
- Mahsulotni keng ishlab chiqarish va Jamiyatning eksport salohiyatini yanada oshirish, import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish orqali import urnini bosuvchi tovarlarni maqbullashtirishda chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlaydi;
- Sanoat kompaniyasi korxonalari, shuningdek, vazirliklar, idoralar va sanoat ishlab chiqarish va tarmoqlararo kooperatsiyasini kengaytirish va o'zaro faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- Jamiyat sanoat korxonalarining loyihalash va innovatsion faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- Jamiyat korxonalari va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarning raqobatbardoshlik afzalliklarini shakllantirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
- Mahsulot mustahkamligini doimiy takomillashtirish va moslashuvchanlik darajasini oshirish, prototiplar ishlab chiqarish va ularni sinash, partiyalar va o'rnatish sinov-sanoat birinchi qator tashkilot ishini muvofiqlashtiradi, xarajatlarni, mehnat uchun sarf-xarajatini va moddiy iste'molini kamaytirish;
- Ilmiy va texnologik taraqqiyot, yangi texnologiyalarga o'tish va Jamiyatning sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi diversifikatsiya borasidagi jadallashtirish jarayonlarini nazorat qiladi;
- Jamiyatning sanoat korxonalaridagi buyurtma portfelini shakllantirish masalalarini nazorat qiladi;
- Jamiyatning sanoat korxonalarida o'zlashtirilayotgan mahsulotlari haqida xorijiy mamlakatlar bilan standartlashtirish va sertifikatlashtirish borasida ikki tomonlama ilmiy va texnikaviy hamkorlik bo'yicha ish olib boradi
- (+998 71) 238-81-58
- info@uzrailway.uz
-
Payshanba 16:00 - 18:00
- Qisqacha tarjimai hol
-
Boshqaruv raisi o'rinbosari v.b.
Radjapov Mansur Quchqarovich
- Qisqacha tarjimai hol
1958 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan. Millati - o’zbek. Ma'lumoti - oliy.
1987 yil Toshkent temir yo’l transporti muhandislari institutining temir yo’ldan foydalanish mutaxassizligi bo’yicha tamomladi.
Temir yo'l sohasida 1987 yildan buyon ishlab keladi.
1999 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini tamomladi va magistr darajasini oldi.
2016 yil “Shuhrat” medali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.2016 yil 29 oktyabrdan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 376 -sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yullari" Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.
2020 yil 31 yanvardan "O'zbekiston temir yo'llari" askiyadorlik jamiyati № НОК-84 sonli buyrug'i bilan “O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruvi raisining o'rinbosari lavozimida v.b.
- Lavozim majburiyatlari
- Investitsiya dasturini shakllanishtirish, jamiyatning investitsiya siyosatini amalga oshirilish, xorijiy investitsiyalar tomonidan amalga oshirilayotgani shu jumladan, va qurilish loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishni tashkil etadi;
- qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etishni tashkil qiladi;
- ishlab chiqarish ob'ektlari va standart bo'yicha ijtimoiy ob'ektlarni qurish tashkil etadi;
- "O'zbekiston temir yo'llari" AJ muassasalarini qurish va ta'mirlash rejalarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- aksiyadorlik jamiyatning qurilish korxonalari faoliyatini, shuningdek, kapital qurilish rejalarini amalga oshirish nuqtai nazaridan vazirliklar, idoralar va qurilish sanoati va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
- "O'zbekiston temir yo'llari" AJning qurilish bazasi va pudrat korxonalarini oqilona taqsimlash va rivojlanishtirish , shuningdek, ularning ish samaradorligini oshirishni ta'minlaydi;
- qurilish jarayonida moddiy resurslardan iqtisodiy va oqilona foydalanish bo'yicha ishlarni boshqaradi;
- qurilish va montaj ishlari sifati ustidan texnik nazorat tashkil etish vazifalarini nazorat qiladi;
- loyihaviy- tadqiqot ishlar rejasi bajarilishini nazorat qiladi;
- ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish doirasida loyihalarni yuqori texnik darajasini ta'minlaydi;
- nazoratdagi xo’jalik tarmoqlarida investitsiyalar bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
- yordamchi qishloq xo'jaligi bo’limlari faoliyati va ularning ish faoliyati samaradorligi oshirish masalalarini hal qiladi.
- Investitsiya dasturini shakllanishtirish, jamiyatning investitsiya siyosatini amalga oshirilish, xorijiy investitsiyalar tomonidan amalga oshirilayotgani shu jumladan, va qurilish loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishni tashkil etadi;
- (+998 71) 238-80-11
- info@uzrailway.uz
-
Dushanba 18:00 - 20:00
- Qisqacha tarjimai hol