Taftish komissiyasi
Taftish komissiyasi faoliyati tugatilganligi to‘g‘risida e’lon
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Yagona aksiyadorining 2025-yil 17-martdagi 82-sonli qaroriga asosan Jamiyat taftish komissiyasi tugatildi va «Taftish komissiyasi to‘g‘risida»gi nizom bekor qilindi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining quyidagi davlat hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan:
-
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 166-sonli qarori — davlat ishtirokidagi korxonalarda taftish komissiyalari faoliyatini bekor qilish va Kuzatuv kengashi tarkibida audit qo‘mitasini tashkil etishni nazarda tutadi.
-
Prezidentning 2024-yil 13-martdagi PF-49-sonli Farmoni — xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida.
-
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni (58-59 moddalari).