Mukofot qo'llanma
Kuzatuv kengashi uchun to‘lanadigan mukofot haqida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yagona aksiyadorining tegishli qarorlariga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kuzatuv kengashining davlat ulushi bo‘yicha tayinlangan a’zolariga mukofot pullari to‘lash to‘xtatilgan, shunindek, Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolariga to‘lanadigan mukofot pullari miqdori mazkur qarorlar bilan belgilangan.
Ijroiya organ uchun to‘langan mukofot haqida ma’lumot
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ijroiya organi rahbari va uning o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF-49-son farmonida belgilangan tartibda ularning KPI natijalaridan kelib chiqib, jamiyatning biznes-rejasida belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.